Deputat va partiya faollari maktabdagi ta’lim sifatini o‘rgandi

21.02.2022, 17:14

Deputat va partiya faollari maktabdagi ta’lim sifatini o‘rgandi

Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashidagi O'zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Nargiza Dilova tashabbusligida mutasaddi rahbarlar ishtirokida shahardagi 12-maktabda o‘quv jarayonning borishi, ta’lim-tarbiyadagi sifat va samaradorlikni o‘rgandilar.

O’quvchi yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda o‘quvchilarning dars mashg‘ulotlariga qatnashish holati, davomati, ularning fanlarni o‘zlashtirish darajasi, orzu-istaklari bilan qiziqdilar. Deputat o‘quvchilarga inson kamolotga erishishning asosiy yo‘li mustahkam olingan bilim va o‘ziga bo‘lgan yuksak ishonch bilan erishish mumkinligini ta’kidladi.  

Malakali  psixolog Dilafro‘z Ismatova o‘quvchi yoshlar uchun yangi interfaol usullarni qo‘llagan holda psixologik trening o‘tkazdi.

Mazkur bilim dargohidan Zulfiyaxonim izdoshlari, turli Xalqaro olimpiyada g‘oliblari yetishib chiqmoqda. Maktabda tahsil olayotgan, turli fan olimpialarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 4 nafar o‘quvchilar deputat stipendiyasi bilan rag‘batlantirildi.

Shuningdek, O'zLiDeP Buxoro shahar Kengashi yoshlar masalalari bo‘yicha rais o‘rinbosari Dilfuza Sulaymonova maktabda o‘z tengdoshlariga namunali xulqi va a’lo baholari bilan o‘rnak bo‘lib kelayotgan  bir qator a’lochi o‘quvchilarga Prezidentimizning «Yangi O’zbekiston Strategiyasi» nomli kitobini sovg‘a qildi.

Uchrashuvda  mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan cheksiz  e’tibor, barcha sohalarda bo‘lganidek, ta’lim tizimida ham o‘z samarasini berayotganini alohida ta’kidlandi. 

Ochiq muloqot so‘nggida yoshlarni qiziqtirgan barcha savollarga tashkilotchilar tomonidan  atroflicha javob berildi.

Maktab direktori tadbir tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiligini bildirib, deputat va yoshlar hamkorligi kelgusida ham o‘z amaliy natijasini berishiga ishonch bildirdi. Bu kabi uchrashuvlarni bilim dargohida muntazam ravishda o‘tkazilishiga kelishib olindi. 

  • Ko'rildi
    280
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+