Qoraqalpog‘istonda ish boshlagan mahallalardagi yoshlar yetakchilarining 216 nafari O‘zLiDeP safiga qo‘shildi

21.02.2022, 17:18

Qoraqalpog‘istonda ish boshlagan mahallalardagi yoshlar yetakchilarining 216 nafari O‘zLiDeP safiga qo‘shildi

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan barcha hududlarda  mahallada tadbirkorlikni  rivojlantirish, aholi bandligini  ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari  bo‘yicha  yoshlar yetakchilari  o‘z faoliyatini  boshlagan  edi.  

Kelajagimiz  bo‘lgan  yoshlarni  tadbirkorlikka  jalb  etish,  shu  orqali  ularning bandligini  ta’minlash  O’zLiDePning ham asosiy vazifasidan biri hisoblanadi. 

Bu borada O’zLiDeP  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi Kengashi “Yoshlar qanoti” tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 424 ta mahallalarda faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilari bilan muntazam hamkorlikda ish olib borish maqsadida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bormoqda. 

Ana shunday targ‘ibot tadbirlari Qorao‘zak va Nukus tumanlarida tashkil qilindi.   

Muloqotda so‘z olganlar partiya qoshidagi “Yoshlar qanoti” faoliyatini yanada jonlantirish,  yoshlar orasidan shijoatli, yangicha fikrlaydigan, faol, tashabbuskor yoshlarni jalb etish,  mahalladagi yoshlar yetakchilarini ham kengroq jalb etish, “Yoshlar qanoti”ning yoshlar yo‘nalishidagi  loyiha va tadbirlarda, deputatlik  guruhi vakillari bilan  hamkorlikda ish olib borishda  muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tdi.       

 Bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasining 424 ta  mahallalaridagi yoshlar yetakchilarining 216 nafari O‘zLiDeP safiga a’zo bo‘ldi. 

Hozirgi kunda mahalladagi yoshlar yetakchilarini partiya safiga a’zo qilish ishlari davom etmoqda.     

  • Ko'rildi
    352
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+