BPT hisobot yig‘ilishida 15 nafar xalq ta’limi xodimlari partiya a’zoligiga qabul qilindi

21.02.2022, 17:22

BPT hisobot yig‘ilishida 15 nafar xalq ta’limi xodimlari partiya a’zoligiga qabul qilindi

O‘zLiDeP Karmana tuman bo‘limi huzurida faoliyat yuritayotgan tuman XTBga  qarashli 17-sonli umumta’lim maktabining 35 nafar ustozlarini o‘zida biriktirgan “Oybek MFY” nomli boshlang‘ich partiya tashkilotining navbatdagi hisobot-saylov yig‘ilishida quyi bo‘g‘inning 2021 yildagi faoliyati ko‘rib chiqilib, 2022 yildagi ish rejasi ham tasdiqlab olindi.

–Partiyaning jamiyatdagi nufuzini oshirish uchun quyi bo‘g‘in yetakchisi siyosiy jihatdan yetuk, komil va zamon bilan hamnafas bo‘lishlari kerak. Shu maqsadda joylarda bo‘lib o‘tayotgan hisobot-saylov yig‘ilishlarida BPT raisligiga elektoratimiz manfaatlarini to‘liq himoya qilishga qodir, tayanch bo‘g‘in safiga yangi a’zolarni jalb qila oladigan faol va tashabbuskor yetakchilarni saylashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shuningdek, boshlang‘ich partiya tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirishda ularga partiyaviy uslubiy qo‘llanmalarni o‘z vaqtida bilan ta’minlash, mahalliy kengashdagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari bilan doimiy hamkorlikni kuchaytirish masalasi ham e’tiborimizdan bir soniya bo‘lsada chetda qolmasligi lozim? - deydi O‘zLiDeP Karmana tuman bo‘limi apparat rahbari Ya.Xudoyberdiyev.

O’tkazilgan hisobot saylov yig‘ilishida kun tartibidagi barcha masalalar muhokama etildi. Boshlang‘ich partiya tashkilotining 2021 yil davomidagi faoliyati qoniqarli topilib, quyi bo‘g‘in yetakchiligiga D.Ikromova nomzodi qayta saylandi.

Tadbir so‘ngida partiya safiga yangidan qabul qilingan 15 nafar a’zolarga partiya a’zolik guvohnomalari va a’zolik biletlari berildi. 

B.Qo‘chqorov,

O’zLiDeP Navoiy viloyati Kengashi

bo‘limi mudiri

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    346
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+