Deputatlar mahallalardagi muammolarni o‘rgandi

21.02.2022, 17:31

Deputatlar mahallalardagi muammolarni o‘rgandi

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatining yordamchisi O.Bekmirzayevalar tomonidan tumandagi "Damariq", "Kandabuloq", "Qalinpo‘stin" mahallalariga tashrif buyurilib, aholi bilan muloqotlar o‘tkazildi.

"Qo‘rg‘oncha", "Oltin zamin" ko‘chalari ichki yo‘llarini asfaltlash, aholi tomorqalarida sug‘orish tizimini yaxshilash bo‘yicha "Oltin zamin" ko‘chasiga tik quduq chiqarish, "Damariq" MFY hududida aholi uchun qo‘shimcha ichki yo‘l tashkil etish bo‘yicha murojaatlar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, aholiga "Open byudjet" portalida faol ishtirok etish va muammolarni yechish uchun ovoz to‘plash yo‘llari orqali hal etish bo‘yicha tushunchalar berildi.

  • Ko'rildi
    243
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+