Amudaryoda agroklasterlar faoliyati o‘rganildi

22.02.2022, 14:55

Amudaryoda agroklasterlar faoliyati o‘rganildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari,  O’zLiDeP fraksiyasi rahbari, O’zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Aktam Xaitov Amudaryo tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida dastlab Aktam Xaitov tuman hokimi bilan birgalikda “Rasulov Erkin asalchi” fermer xo‘jaligi asalarichilik klasterida  bo‘lib, xo‘jalikning  faoliyati  bilan  yaqindan tanishdi. Fermer xo‘jalik 2007 yili tashkil qilingan bo‘lib, asosan paxtachilik, g‘allachilik va asalarichilikka ixtisoslashtirilgan. 

- Fermer xo‘jaligimiz 2019 yili “Agro bank” dan 1 mlrd 200 mln so‘m imtiyozli mablag‘ olib, asalarichilik agroklasterini tashkil qildik. Hozirgi  kunda ushbu mablag‘ni to‘liq yopganmiz, - deydi fermer xo‘jalik rahbari Erkin Rasulov. - Klasterga Xitoydan qadoqlash sexlari olib kelingan. Hozirgi kunda 1 ming 800 ta asal oilasi bor. Asalarichilik klasteridan o‘tgan yilning o‘zida 9 tonnaga yaqin asal yetishtirilgan bo‘lsa,  mahsulotlarimiz ichki bozorda xaridorgir. U yerda 20 nafarga yaqin kishi doimiy ish bilan ta’minlangan.

Parrandachilik chorvachilikning serdaromad, serpusht va tez yetiluvchan tarmog‘i hisoblanadi. U xalqimizga ko‘plab sifatli parhez taom — tuxum va parranda go‘shti yetkazib berishda katta ahamiyatga ega.

Ayniqsa, tovuq, o‘rdak, g‘oz va kurkachilik bilan shug‘ullanuvchi tarmoqlari qishloq xo‘jalik parrandachiligining asosiy va yetuk sohasi hisoblanadi. Ulardan qisqa vaqt ichida ko‘p miqdorda mazali go‘sht olinadi. Parranda go‘shti tez hazm bo‘lish xususiyatiga ko‘ra barcha turdagi chorva mollari go‘shtidan ustun turadi.

Xo‘jalik rahbari Erkin aka Rasulov parrandachilik va chorvachilik bilan ham shug‘ullanib kelmoqda. 65 ming dona bosh parranda bo‘lib, uning go‘shtlari hozirgi kunda ichki bozorda o‘z xaridoriga ega. Bundan tashqari 80 bosh qoramollari ham mavjud.    

Partiya yetakchisi Aktam Xaitov fermer xo‘jalik faoliyati bilan yaqindan tanishar ekan, xo‘jalikni yanada rivojlantirish borasida  kurkachilik va chorvachilikni yanada kengaytirish bo‘yicha o‘zining bir qator taklif va tavsiyalarini berib o‘tdi.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

 Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    548
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+