Deputatlar aralashuvi bilan “Dehqonobod” va “Varq” mahallasida gaz bosimi ko‘tarildi

22.02.2022, 17:34

Deputatlar  aralashuvi bilan “Dehqonobod” va “Varq” mahallasida gaz bosimi ko‘tarildi

Karmana tumani “Dehqonobod” va “Varq” mahallasi aholisi shu kunlarda hududda tabiiy gaz bosimining pastligi, xususan tungi vaqtda bu masala muammoga aylanayotgani xususida yuqori tashkilotlarga bir necha bor murojaat etishdi.

Kuni kecha xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi deputati S.Bozorova hamda xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi deputati O.Aslonov o‘zlari  saylangan mahallalar hududida bo‘lib, aholi bilan yuzma-yuz muloqot qildi.

Muloqot davomida aholi tabiiy gaz bosimining pastligi, natijada nafaqadagilar, ayniqsa, yosh bolali oilalar qiynalib qolayotganini bayon qilishdi.

Deputatlar bu masalani shu joyning o‘zida hal etish uchun “Hududgaz Navoiy” gaz ta’minoti filialiga murojaat etishib, mutasaddi tashkilot rahbarini mahalla binosida, gazdan qiynalgan ikki mahalla a’zolari bilan yuzlashtirishdi.

“Dehqonobod” va “Varq” mahallalaridagi gaz bilan bog‘liq muammo darhol  nazoratga olinib, deputatlar  aralashuvi bilan  ijobiy hal etildi.

M.Pirnafasova,

O’zLIDeP Navoiy viloyati Kengashi

jamoatchilik bilan aloqalar va

mafkuraviy ishlar bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    437
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+