Namangan tumanida 58 nafar mahalladagi hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari partiya safiga qo‘shildi

22.02.2022, 17:35

Namangan tumanida 58 nafar mahalladagi hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari partiya safiga qo‘shildi

O`zLiDeP Namangan viloyati Kengashi tashabbusi bilan O`zLiDeP  Namangan tuman Kengashida mavjud bo‘lgan Boshlang‘ich partiya tashkilotlarda xatlov o‘tkazildi. Xatlov mobaynida 17 ta tashkilotlarda a’zolar qabul qilinishi yuzasidan targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borilishi natijasida 178  nafar a’zolar qabul qilindi.

Viloyat Kengashi tomonidan tashkil etilgan ishchi guruhi orqali “Mikrokredit bank”, “Xalq bank”, tuman Xalq ta’limi bo‘limi, Maktabgacha ta’lim tashkiloti, tuman Soliq qo‘mitasi, Yo‘llardan foydalanish korxonasi,  Ruxiy asab kasalliklari shifoxonasi, tuman elektr tarmoqlari korxonasi, davlat sanitariya-epedemologiya markazi, Suv oqava, Norin-Namangan irrigatsiya tizimi, Fermerlar dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “Toshbuloq teks” MChJ tashkilotlarida hisobot-saylov yig‘ilishlari o‘tkazildi.

Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limi ko‘magida 58 nafar mahalla fuqarolar yig‘inlarining hokim yordamchilari hamda yoshlar yetakchilari partiya a’zoligiga qabul qilindi.

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    348
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+