Quyi bo‘g‘in yetakchisiga qayta ishonch bildirildi

22.02.2022, 17:37

Quyi bo‘g‘in yetakchisiga qayta ishonch bildirildi

Nurobod tumani bandlikka ko‘maklashish tuman markazi qoshidagi boshlang‘ich partiya tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishida o‘tgan yilgi faoliyati tahlil qilindi.

Yig‘ilishda Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi va 2022 yil “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda ish-rejasi tasdiqlab olindi.

Ma’lumki, taraqqiyot strategiyasida mamlakatimizda 2026 yilga kelib O’zbekistonda kambag‘allik darajasi 2 baravarga qisqartiriladi. Buning uchun 2,5 mln norasmiy ishchining bandligi legallashtiriladi, 700 mingdan ortiq ishsiz xotin-qizlar davlat hisobidan kasb-hunarga o‘qitiladi, imkoniyati cheklanganlarning bandligi 3 baravarga oshiriladi. Qolaversa, ijtimoiy kodeksni qabul qilish ham rejalashtirilganligi haqidagi ma’lumotlar qayd etildi.

Yig‘ilishda muhokama etilgan masalalar bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi va  Abbos Abriyevga qayta ishonch bildirildi.

Marhabo Usanova,

O’zLiDeP Nurobod tuman Kengashi raisining

birinchi o‘rinbosari, apparat rahbari

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    284
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+