BPT sarhisobi: 12 nafar yoshlar o‘z biznesini yo‘lga qo‘ydi, 30 nafar yoshlar ishli bo‘ldi

22.02.2022, 17:38

BPT sarhisobi: 12 nafar yoshlar o‘z biznesini yo‘lga qo‘ydi, 30 nafar yoshlar ishli bo‘ldi

Mirobod tumanidagi “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasida 35 nafar partiya a’zosini birlashtirib turuvchi boshlang‘ich partiya tashkilotining navbatdagi hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Bugungi kunda “Sharq” nafaqat O’zbekiston Respublikasida, qolaversa butun Markaziy Osiyoda birdan-bir eng yirik gazeta-jurnal kompleksi ham hisoblanadi. Hozirgi kunda “Sharq” zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan, gazeta va jurnallar, ham qattiq, ham yumshoq muqovada kitoblar, broshyuralar, har xil etiketkabop, turli rang tasvirli nashrlar va boshqa bosma mahsulotlar, shuningdek, xalq iste’moli mollari ishlab chiqaruvchi yetakchi kompleksdir.

Ushbu quyi bo‘g‘in o‘tgan yil davomida bir qator amaliy ishlarga ham qo‘l urdi, partiya bilan doimiy hamkorlikda ishlab kelmoqda. Xususan, mazkur BPT tomonidan yoshlarning bandligini ta’minlashga e’tibor qaratilib, 45 ta tadbir tashkil etildi va natijada 27 nafar yoshlar ish bilan ta’minlanishiga hissa qo‘shildi. Ishsiz yoshlar tajribali tadbirkorlar tomonidan o‘qitilib, natijada 12 nafardan ortiq yoshlar o‘z biznesini yuritib kelmoqda. Ushbu ijobiy ishlarni amalga oshirishda O‘zLiDeP Mirobod tuman Kengashi va deputatlarning hamkorligi muhim sanaladi.

Yig‘ilishda quyi bo‘g‘in tomonidan bu kabi amalga oshirilgan ishlar alohida e’tirof etildi. Mazkur tashkilotning 2021 yildagi faoliyati yuzasidan hisoboti ijobiy baholandi. Shuningdek, Boshlang‘ich partiya tashkiloti raisi va o‘rinbosari qayta saylandi. Boshlang‘ich partiya tashkilotining 2022 yil uchun ish-rejasi tasdiqlandi

O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi

Matbuot xizmati

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    343
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+