BPTda a’zolar safi kengaymoqda

24.02.2022, 15:40

BPTda a’zolar safi kengaymoqda

O’zLiDeP Buxoro shahar Kengashi tarkibida 88 ta BPT bo‘lib, unlarda 8635 nafar a’zolar birlashgan. Partiya quyi bo‘g‘inlari faoliyatini yanada kuchaytirish, ularda tashabbuskor, intiluvchan, fidoyi a’zolar safini kengaytirish, joylarda partiya dasturiy maqsad va vazifalarini targ‘ib qilishga qaratilgan ko‘plab tadbirlarni tashkil etishda partiya shahar Kengashi hamda BPTlar o‘rtasida mustahkam aloqa o‘rnatilgan. Buning natijasida  O’zLiDeP Buxoro shahar Kengashidagi quyi bo‘g‘inlar hamda a’zolar  soni sezilarli ravishda kengayib bormoqda.

Jumladan, Buxoro viloyat teleradiokompaniyasi qoshida tashkil qilingan BPT dastlabki davrda 7 nafar partiya a’zosi bilan faoliyat boshlagan bo‘lsa, endilikda  ular yana 15 nafarga ko‘paydi.

BPT raisi Dilfuza Sulaymonova o‘zining faolligi hamda  BPT – partiyaviy faoliyatning tayanch bo‘g‘ini ekanligini his qilgan holda maslakdoshlarimiz safini kengaytirib, g‘oyaviy maqsadlarimizni amalga oshirishda o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    189
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+