Qonliko‘l tumanidagi «Kanteks Invest» MChJ faoliyati bilan tanishildi

25.02.2022, 10:35

Qonliko‘l tumanidagi «Kanteks Invest» MChJ faoliyati bilan tanishildi

 2019 yilda ishga tushgan Qonliko‘l tumanidagi «Kanteks Invest» mas’uliyati cheklangan jamiyati tumandagi eng yirik sanoat korxonasi bo‘lib hisoblanadi. 

Bugungi kunda 600 nafardan ziyod yoshlar faoliyat olib borayotgan mazkur korxona hudud aholisin doimiy ish bilan ta’minlab qolmasdan, o‘z mahsulotlarini chet davlatlariga eksport qilyapti, yildan-yilga eksport hajmi ham ortib bormoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O’zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Qonliko‘l tumanidagi «Kanteks Invest» korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 

Korxonada ishlab chiqarayotgan mahsulotlar sifati, eksport salohiyati,  ishchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va kelgusi rejalari bilan o‘rtoqlashdi. 

– Korxonamiz yiliga 11 ming tonna paxtani qayta ishlash imkoniyatiga ega, -  dedi jamiyat rahbari Quvondiq Yeshmuratov.  - 2019 yili 8,4 mln dollar, 2020 yili 10,8 mln dollarlik ip kalavani chet davlatlarga  eksport qilgan bo‘lsak, o‘tgan yilning birinchi choragida 4,2 mln dollarlik  mahsulotlarni eksport qildik. 

Bunda asosan Turkiya, Rossiya, Ukraina va Polsha davlatlaridagi hamkor sheriklar bilan birgalikda ish olib borilyapti. Shuningdek  O’zbekistonning ichki bozoriga ham o‘tgan davr ichida 133,1 mlrd  so‘mlik  mahsulotlarni sotib, korxonaning savdo aylanmasi hajmi yanada kengaydi. Bugungi kunda korxonada 3 smenada ish tashkil qilingan. Korxonada  ishchilar  uchun  barcha shart-sharoitlar yaratilgan.    

 Partiya yektakchisi korxona faoliyati bilan yaqindan tanishar ekan, mamlakatimizda keyingi yillarda barcha sohalar singari tadbirkorlik sohasini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotgani, ayniqsa Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasining Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash yo‘nalishida ham tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va doimiy daromad manbalarini shakllantirish uchun sharoitlarni yaratish, xususiy sektorning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 80 foizga va eksportdagi ulushini 60 foizga yetkazish, mamlakatda 2026 yil yakuniga qadar ishsizlik darajasini kamida 2 barabar qisqartirish  borasida vazifalar belgilab berilganini ta’kidladi.

Spiker o‘rinbosari Aktam Xaitov mazkur korxonada tomorqa klasterini tashkil etish, korxona faoliyatini  yanada  kengaytirish borasida o‘zining bir qator taklif va tavsiyalarini berib o‘tdi.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    509
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+