Ishchi guruh hududda: Romitanda “Fuqarolar budjeti” muhokamasida hokim yordamchilari ham qatnashdi

25.02.2022, 16:01

Ishchi guruh hududda: Romitanda “Fuqarolar budjeti” muhokamasida hokim yordamchilari ham qatnashdi

Yangi O’zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi asosida ishlab chiqilgan  “Yo‘l xaritasi” dagi  ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida  siyosiy partiyalar va deputatlik birlashmalari zimmasiga joylarda faol jamoatchilik va deputatlik nazoratini olib borish vazifasi yuklatilgan.

Buxoro viloyati Romitan tuman hokimligida ZOOM platformasi orqali ishchi guruhining onlayn vebinari o‘tkazildi. Unda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi a’zolari, mas’ul vazirlik va idoralar, Romitan tuman xokimligi, mahallalardagi barcha hokim yordamchilari, mahalliy Kengashlar deputatlari ishtirok etdi.

Onlayn vebinarda “Yo‘l xaritasi” ning hududiy ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun ajratiladigan mablag‘larning kamida 50 foizini “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida amalga oshirishda jamoatchilik va deputatlik nazoratini olib borish masalalari ko‘rib chiqildi.  

Tadbirda ishchi guruhi rahbari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Budjet va iktisodiy islohotlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari D.Axmedov va qo‘mita a’zosi, deputat E.Aslonovalar Dastur va uning ijro maxanizmlari mazmun-mohiyatini batafsil tushuntirdilar.

Vebinarda Moliya vazirligi Davlat budjeti departamenti bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari A.Xasanov sohada olib borilayotgan tizimli islohotlar yuzasidan “Budjet mablag‘larini fuqarolar tashabbusi asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirish mexanizmini takomillashtirish” mavzusida taqdimot qildi.

Romitanda o‘tkazilgan onlayn vebinarda viloyat hokimligi moliya bosh boshqarmasi bosh iqtisodchisi J.Shokirov hamda tuman hokimligi moliya bo‘limi xodimlari tomonidan tuman bo‘yicha 2021 yil davomida fuqarolar tashabbusi jamg‘armasiga hududning qo‘shimcha manbalari hisobidan 665,0 mln so‘m va PQ-5250-sonli qarorga muvofiq 909,0 mln so‘m jami  1574,0 mln so‘m mablag‘ ko‘chirilgan. Ushbu mablag‘lar “Ochiq budjet” axborot partalida  fuqarolar ishtirokida o‘tkazilgan jarayonda yakuniy natijalarga binoan g‘olib deb topilgan 6 ta taklifdagi muammolarni o‘tkazilgan jarayonda sarflanganligi ma’lum qilindi.

Ma’ruzachilar tomonidan joriy yil Tashabbusli budjet jarayonining 1-bosqichida fuqarolardan viloyat bo‘yicha jami 8968 ta taklif kelib tushganligi, shundan 761 ta taklif Romitan tuman fuqarolari tomonidan bildirilganligi, tumanda 2022 yilda fuqarolar tashabbusi jamg‘armasiga 6,3 mlrd so‘m mablag‘ moliyalashtirilganligi to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Vebinarda mahalliy Kengash deputatlari sohada yuzaga kelayotgan ayrim muammolarni ijobiy hal etilishiga amaliy yordam so‘radi.

Ishchi guruhi tomonidan kelgusida Dastur ijrosi yuzasidan tizimli jamoatchilik va deputatlik nazoratiolib borishga kelishib olindi.

Shu kuni tuman hokimligi majlislar zalida Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati Emma Aslanova ishtirokida O‘zLiDeP tuman Kengashi hamda xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhlarining kengaytirilgan qo‘shma yig‘ilishi ham bo‘lib o‘tdi.  

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan E.Aslonova o‘z so‘zida Taraqqiyot strategiyasi mamlakatimiz rivojining hozirgi bosqichida xalqimiz hayotida muhim ahamiyat kasb etishini, ayniqsa ushbu muhim hujjatning uchinchi yo‘nalishidagi maqsad va vazifalar asosiy elektorati mulkdorlar qatlami hisoblangan O’zLiDePning dasturiy g‘oya va maqsadlari bilan hamohang ekanligini, ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlashda partiyadan saylangan mahalliy Kengash deputatlari zimmasiga katta mas’uliyat borligini alohida ta’kidladi.

Kengaytirilgan yig‘ilishda ko‘rilgan masalalar bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.

Yig‘ilish so‘ngida tumanidagi mavjud 45 ta mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritib kelayotgan hokim yordamchilarining O’zLiDeP safiga qabul qilingan 38 nafariga partiya a’zolik guvohnomalari topshirildi.

  • Ko'rildi
    632
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+