Ishchi guruh hududda: Qonun ustuvorligi va Konstitutsiyaviy qonuniylikni ta’minlash tizimidagi islohotlar muhokama qilindi

25.02.2022, 16:03

Ishchi guruh hududda: Qonun ustuvorligi va Konstitutsiyaviy qonuniylikni ta’minlash tizimidagi islohotlar muhokama qilindi

Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi va uni 2022 yil – “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturidagi belgilangan vazifalar bo‘yicha O'zLiDePning “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, har bir yo‘nalishlari bo‘yicha ishchi guruhlar shakllantirilgan edi.

Samarqand shahrida onlayn konferensiya shaklida tashkil qilingan ishchi guruhning navbatdagi tadbiri taraqqiyot strategiyasida belgilangan mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur
shartiga aylantirish yo‘nalishida belgilangan vazifalar muhokamasiga bag‘ishlandi.

Ishchi guruhning a’zosi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Adham Shodmonov Samarqand  viloyatidagi tegishli tashkilot rahbarlari, xalq deputatlari partiya viloyat va Samarqand shahar deputatlik guruhi a’zolari hamda ZOOM platformasi orqali Respublika Bosh prokurori o‘rinbosari Svetlana Artыkovalar o‘z ma’ruzalarida Qonun ustuvorligi va konstitutsiyaviy qonuniylikni ta’minlash hamda ushbu jarayonning bosh mezoni sifatida inson qadrini belgilash to‘g‘risida o‘z fikirlarini bildirdi.

- Taraqqiyot startegiyasida Mahkumlar va jazoni o‘tab bo‘lgan shaxslarning mehnat, ijtimoiy ta’minot va xalqaro e’tirof etilgan boshqa huquqlarini ta’minlash, ularning ijtimoiy moslashuvi va jamiyatga reintegratsiyasiga ko‘maklashishning samarali mexanizmlarini joriy etish, ushbu yo‘nalishda davlat va jamiyat institutlarining birgalikdagi faoliyatini yo‘lga qo‘yish jamiyatimizda muhim ahamiyat kasb etadi, - deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Adham Shodmonov.

Samarqand viloyat prokuroturasi bo‘limi prokurori S.Sattorov o‘z ma’ruzasida viloyatdagi 37-son manzil koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan 1 nafar mahkum (R.J) Samarqand davlat Arxitektura va qurilish institutiga o‘qishga qabul qilinganligi sababli unga Jinoyat – ijroiya kodeksi doirasida sirtdan, onlayn tartibda o‘qish uchun barcha sharoitlar yaratib berilgani va u jazoni o‘tash bilan bir vaqtda sirtdan Oliy o‘quv yurtida ham o‘qishni davom ettirishi yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning natijasi ekanligini misol tariqasida aytib o‘tdi.

Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha sud organlarining amaldagi tuzilishini zamon talablari va xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish hamda sudyalar faoliyatini har tomonlama himoya qilish borasidagi harakatlarning kuchaytirilishi, mamlakatimizda adolat ustuvor bo‘lgan jamiyat qurishdan iboratligi zamon talabidir.

Azim Haqqulov,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

deputati yordamchisi.

  • Ko'rildi
    573
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+