Spiker o‘rinbosari qoraqalpog‘istonlik talaba yoshlar bilan muloqot qildi

25.02.2022, 17:15

Spiker o‘rinbosari qoraqalpog‘istonlik talaba yoshlar bilan muloqot qildi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida “Deputat va yoshlar” mavzusida talaba yoshlar bilan  uchrashuv tashkil qilindi.

 Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari,  O’zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov va Qonunchilik palatasi deputati Muxtar Ibragimov, deputat  yordamchilari, universitetning   talaba  yoshlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda Yangi O’zbekistonning  2022-2026  yillarga  mo‘ljallangan  taraqqiyot strategiyasining mazmun-mohiyati va uning ahamiyati, unda belgilab berilgan ustuvor vazifalar, mamlakatimizda olib borilayotgan o‘zgarish va yangilanishlar, ayniqsa barcha sohalar singari ta’lim sohasiga, xususan kelajagimiz bo‘lgan yoshlarimizga qaratilayotgan e’tibor, yoshlarga  oid  davlat  dasturi  doirasida olib borilayotgan ishlar bo‘yicha to‘xtalib o‘tildi.

Bugun yurtimizda  barcha  sohalar qatori ta’lim tizimida ham jadal islohotlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan ta’lim sohasiga alohida e’tibor qaratilib, sohani  yanada  isloh  qilish  bo‘yicha  dolzarb  vazifalar belgilab berildi. Bu borada oliy ta’limni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” va boshqa bir qator me’yoriy hujjatlar qabul qilindi.  

Shu asosda keyingi bir necha o‘n yilliklarga mo‘ljallangan talab va ehtiyojdan kelib chiqib, oliy ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan strategik maqsad va vazifalar belgilab olindi va amalga oshirilmoqda.

 Ya’ni,  Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida to‘rtinchi ustuvor yo‘nalish aynan ta’lim sohasini, inson kapitalini rivojlantirishga qaratilganligi bilan ahamiyatli.

Qisqa  muddatda  oliy  ta’lim  muassasalari  soni  ikki barobar ortdi va umumiy qamrov 28 foizni tashkil etdi. Oliy ta’limga qamrov izchil kengayib, 2026 yilda 50 foizga yetkazilishi ko‘zda tutilayotgani yoshlarimizning global mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Uchrashuv  davomida  talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar olishdi.

Qolaversa universitetning kitob fondiga Prezidentimizning “Yangi O’zbekiston strategiyasi” kitobi sovg‘a qilindi.   

 O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    374
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+