Deputat qabuli: muammoga yechim axtarib...

25.02.2022, 17:19

Deputat qabuli: muammoga yechim axtarib...

Shu kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari o‘z saylov okruglarida bo‘lib, saylovchilar bilan uchrashuvlar tashkil qilmoqda.

Xalq vakillari aholining turli qatlamlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyiga chiqqan holda bartaraf etish maqsadida o‘z saylov okrugida bo‘ldi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Boysun tuman xalq qabulxonasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Xazratqul Xo‘jamqulov tomonidan fuqarolarning qabuli tashkil etildi.

Deputat qabuliga kelganlar ichki yo‘llarni ta’mirlash, yangi transformator o‘rnatish, issiqxona qurish va kichik tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun imtiyozli kredit olish masalalarida yordam so‘rab, murojaat qilishdi. Albatta, mazkur muammolarni ijobiy hal etish, qabulga kelganlarni rozi qilish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari chiqarilib, deputat tomonidan nazoratga olinadigan bo‘ldi.

  • Ko'rildi
    641
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+