Qonunchilik palatasi deputati BPT hisobot-saylov yig‘ilishlarida qatnashdi

25.02.2022, 17:20

Qonunchilik palatasi deputati BPT hisobot-saylov yig‘ilishlarida qatnashdi

G’ijdvon tumanining “Buktaroy” MFY huzurida tashkil etilgan partiya quyi bo‘g‘ini hisobot-saylov yig‘ilishida so‘zga chiqqan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Shuxrat Bafoyev mamlakatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida “Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan  Taraqqiyot strategiyasi” nihoyatda muhim ahamiyat kasb etishini, ushbu muhim hujjatda ko‘rsatib o‘tilgan asosiy yo‘nalishlar hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga sezilarli ta’sir o‘tkazishini ta’kidlab, partiya quyi bo‘g‘inlarining ham bu borada o‘z o‘rni bo‘lishi lozimligini qayd etdi.

 BPT faoliyat olib borayotgan ushbu mahallada jami 30ming aholi bo‘lib, xonadonlarda turli millat vakillari istiqomat qilib kelmoqda. Mahalladagi partiya a’zolari soni esa tobora oshib bormoqda. Hozirgi paytda bu yerda 28 nafar maslakdoshlar nafaqat o‘z mahallalarida, balki ushbu hududga tutash bo‘lgan Zarafshon, Armechan, Oqgul singari MFYlar aholisi o‘rtasida ham partiyaviy targ‘ibot-tashviqot ishlarini ham olib boryaptilar. Shu tariqa ularning sa’y-harakati bilan salkam 20 yildan beri aholining siyosiy dunyoqarashini shakllantirish, turli yoshdagi kishilarning O’zLiDePga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga erishilmoqda. BPT a’zolari o‘z yetakchilari Asliddin Tillayev rahbarligida bundan keyin ham davr talablari darajasida faoliyat olib boradigan bo‘lishdi. Yig‘ilish qaroriga binoan A.Tillayev BPT raisligiga qayta saylandi.

Shuningdek, deputat Shuhrat Bafoyev hamda  O’zLiDeP  viloyat Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari, viloyat Kengashi deputati Bobomurod Ochilovlar hududdagi boshqa bir qator quyi bo‘g‘inlarida o‘tkazilgan sarhisob tadbirlarida ham qatnashib, ular ishida samaradorlikka erishish bo‘yicha o‘z amaliy tavsiyalarini berdilar.

 

  • Ko'rildi
    435
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+