Taraqqiyot strategiyasi: Iqtisodiyotda moliyaviy resurslarni ko‘paytirish maqsadida fond bozori hajmi 7 mlrd AQSh dollariga yetkaziladi

26.02.2022, 14:26

Taraqqiyot strategiyasi: Iqtisodiyotda moliyaviy resurslarni ko‘paytirish maqsadida fond bozori hajmi 7 mlrd AQSh dollariga yetkaziladi

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va O’zbekiston Respublikasi davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan hamkorlikda davra suhbati tashkil qilindi.

Ta’kidlanganidek, 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida qator ustuvor vazifalar belgilab berilgan edi. Joylarda uning ijrosini ta’minlash maqsadida barcha tashkilotlar tomonidan sa’y-harakatlar boshlab yuborildi. Tarqqiyot strategiyasi asosida O‘zLiDePning yo‘l xaritasi ham ishlab chiqilib, uning ijrosini ta’minlashga mas’ul qator ishchi guruhlari shakllantirilgan edi. Barcha yo‘nalishlarni qamrab olgan yo‘l xaritasida milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish
va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash masalasida ham qator vazifalar o‘rin olgan.

Bugungi bo‘lib o‘tgan davra suhbatida mamlakatimizda kapital harakatini bosqichma-bosqich erkinlashtirish hamda yirik korxonalarni va ulardagi ulushlarni (aksiyalarni), shu jumladan fond birjasi orqali xususiylashtirish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.

Xo‘sh bunga qanday erishish mumkin? Kelgusi 5 yilda Iqtisodiyotda moliyaviy resurslarni ko‘paytirish maqsadida fond bozori hajmini 200 mln. AQSh dollaridan 7 milliard AQSh dollariga yetkazish ko‘zda tutilgan. Davlat ulushiga ega tijorat banklarida transformatsiya jarayonlarini yakunlab, 2026 yil yakuniga qadar bank aktivlarida
xususiy sektor ulushini 60 foizgacha yetkazish maqsad qilingan.

Ushbu maqsadlarni amalga oshirishda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan qator sa’y-harakatlar boshlab yuborilganligi misollar tariqasida taqdimot qilindi.

Tadbirda ishtirok etgan Qonunchilik palatasi deputatlari, sohaga aloqador vazirlik va tashkilotlar, tadbirkorlar mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalari, takliflarini bildirib o‘tishdi.

  • Ko'rildi
    468
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+