Deputat saylovchilar bilan uchrashuvlari davomida maktablar faoliyatini o‘rgandi

28.02.2022, 15:26

Deputat saylovchilar bilan uchrashuvlari davomida maktablar faoliyatini o‘rgandi

Oliy  Majlis  Qonunchilik  palatasi deputati Baxtibay Aldamuratov  Taxtako‘pir  tumanidagi  «Qarateren»  mahalla fuqarolar yig‘inida  mahalla  fuqarolari,  hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisining  faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Shundan  so‘ng  mahallada  joylashgan  12-sonli  umumta’lim maktabida  bo‘lib,  maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari bilan suhbatlashdi.   

Mazkur  maktab  2020  yilda  eski maktab imorati yoniga yangidan maktab imorati qurilib, foydalanishga topirilgan, 220 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib,  bugungi  kunda  210 nafar  o‘quvchilarga 33 nafar o‘qituvchilar   ta’lim bermoqda.

Yuzma-yuz muloqot davomida xalq  vakili o‘z saylovchilarining muammo va  takliflarini tingladi. 

Jumladan, «Qarateren» MFY hududida  bolalar bog‘chasining yo‘qligi,  12-sonli maktabda majlislar zalining yo‘qligi va elektron doska, radio qurilmasiga  zarurligi  bo‘yicha  muammolar borligi aniqlandi.

Ko‘tarilgan muammolar tegishli tartibda o‘rganilib, deputatlik vakolati doirasida muammoni bartaraf etishga va nazoratga olishga kelishib olindi.

 O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    544
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+