Bo‘kada partiya faoli bo‘lgan fermerlar maktab qurmoqda

28.02.2022, 15:30

Bo‘kada partiya faoli bo‘lgan fermerlar maktab qurmoqda

Dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktabdir. Negaki, maktab inson kamolotida tayanch nuqta bo‘lgan tamal toshini qo‘yadi.

Davlatimiz rahbari g‘oyat o‘rinli ta’kidlaganidek, biz keng ko‘lamli demokratik o‘zgarishlar, jumladan, ta’lim islohotlari orqali O’zbekistonda yangi Uyg‘onish davri, ya’ni uchinchi Renessans poydevorini yaratishni o‘zimizga asosiy maqsad qilib belgiladik.

Bu borada Prezidentimiz rahnamoligida kelajak avlodning ma’nan va jismonan yetuk bo‘lib ulg‘ayishi uchun zamonaviy sharoit va qulayliklarga ega bo‘lgan maktablar barpo etilib, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan izchil sa’y-harakatlar olib borilmoqda.

Xalq ta’limi tizimiga oid 6 ta farmon va qaror, Vazirlar Mahkamasining 21 ta qarori qabul qilinib, bu sohadagi islohotlarning huquqiy-me’yoriy asoslari mustahkamlanganini alohida e’tirof etish lozim.

Xalq ta’limi tizimidagi islohotlar natijasida 2017-2020 yillarda 328 ta yangi maktablar barpo etilgani bunga yorqin misol bo‘la oladi.

Bo‘ka tumani “Navobod” MFY hududidagi “Istashon” qishlog‘idagi O’zLiDeP faollari bo‘lgan 10 nafar fermer xo‘jaligi rahbarlari 250 o‘rinli maktab binosi qurilishida homiylik qilishmoqda.

Tuman hokimi Nizomiddin Abbosov tashabbusi bilan Xalq ta’limi bo‘limi buyurtmasi asosidagi ta’lim dargohining qurilish ishlarini “BAS BUILDING BIZNES” MChJ  olib bormoqda.

 “Aziz Muhammad” fermer xo‘jaligi rahbari Ro‘ziboy G’ofurov boshchiligida yangi maktab barpo etishga kirishilganidan hudud aholisining quvonchi cheksiz.

“Istashon” qishlog‘i bolalarining ta’lim olib, zamonaviy bilimlarni egallashiga xizmat qiluvchi ta’lim maskani 2022-20223 o‘quv yili boshida foydalanishga topshiriladi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri, jurnalist

  • Ko'rildi
    559
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+