80 nafar partiya a’zosi bo‘lgan quyi bo‘g‘inning faoliyatiga ijobiy baho berildi

28.02.2022, 15:31

80 nafar partiya a’zosi bo‘lgan quyi bo‘g‘inning faoliyatiga ijobiy baho berildi

Jondor tumanidagi  “Yevrosnar” MChJ da tashkil etilgan  boshlang‘ich partiya tashkilotida  hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Unda xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, O’zLiDeP viloyat Kengashi raisi F.Aminov hamda partiya tuman Kengashi raisi J.Ashurovlar ishtirok etib, partiya quyi bo‘g‘ini a’zolariga “Yangi O’zbekistonni 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi”da ilgari surilgan ustuvor vazifalarning tumanda bajarilishiga oid ma’lumotlar bilan yig‘ilish ishtirokchilarini batafsil tanishtirdilar.

BPT a’zolari faoliyat olib borayotgan ushbu korxona 2003 yil 2 oktyabrda  qo‘shma korxona sifatida tashkil etilgan. 2010 yilda mas’uliyati cheklangan jamiyatiga aylantirilgan. Asosiy faoliyat turi o‘simlik yog‘i va chorva mollari uchun shrot va sheluxa maxsulotlari ishlab chiqarishga   ixtisoslashgan.

Sutkasiga o‘rtacha 200-250 tonna texnik chigit xom-ashyosini qayta ishlaydi. Korxonaning umumiy yer maydoni 5 gektarni tashkil etadi. Yiliga 55,7 ming tonna chigitni qayta ishlash quvvatiga ega. Jamiyatda bugungi kunda 210 nafar xodim mehnat qilmoqda. Ularning 80 nafari O’zLiDeP  a’zolaridir.

Korxonada   o‘tgan 2021 yil davomida MFYlardagi “Ayollar” va “Yoshlar” daftarlariga kiritilgan aholi vakillaridan salkam 20 nafari ishga joylashtirilgan. Ishlovchilarni ijtimoiy-iqtisodiy muhofazalash, ular sog‘lig‘ini mustahkamlashga doimiy ravishda e’tibor berib kelinmoqda.

Korxona 10 dan ortiq ishlab chiqarish sexlaridan iborat bo‘lib, ularda ishlab chiqarilayotgan o‘simlik yog‘i, shrot-sheluxa mahsulotlari o‘zining raqobatbardoshligi va yuqori sifati bilan ajralib turadi.  

Yig‘ilishda ko‘rilgan masalalar bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinib, partiya quyi bo‘g‘ini raisi etib, Qosim Alloyev qayta saylandi.

Shu kuni bu yerda O’zLiDeP safiga yangi qabul qilingan 13 nafar a’zolarga partiya guvohnomasi topshirildi.

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    578
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+