Sirdaryoda mutasaddi rahbarlar deputatlarga hisobot berdi

28.02.2022, 16:52

Sirdaryoda mutasaddi rahbarlar deputatlarga hisobot berdi

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashidagi partiya deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilgan ishlar hamda “Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi”da belgilangan ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash, ushbu sohani tubdan isloh etish va yangi bosqichga olib chiqish sohasida rejalashtirilgan vazifalar bo‘yicha Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari M.Xaitovning hisoboti eshitildi.

Prezidentimizning 2020 yil 8 iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi bo‘yicha viloyatda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan viloyat Soliq boshqarmasi boshlig‘i J.G’oyibov hisobot berdi.

-O’zini o‘zi band qilish tartibida mehnat faoliyatini amalga oshirish natijasida olingan daromadlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i tatbiq etilmaydi. Bunda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyatidan tashqari olingan daromadlari Soliq kodeksida belgilangan tartibda soliqqa tortiladi, dedi o‘z hisobotida J.G’oyibov. - O’zini o‘zi band qilgan shaxs maxsus mobil ilova yoki soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali ro‘yxatdan o‘tadi, bunda o‘zini o‘zi band qilgan shaxs tomonidan so‘rovnoma to‘ldiriladi.

Muhokamalar yuzasidan deputatlarning taklif va fikr-mulohazalari bildirib o‘tildi.

O’zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    446
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+