Sheroboddagi tekstil korxonasida O’zLiDeP a’zolari safi 15 taga ko‘paydi

28.02.2022, 16:58

Sheroboddagi tekstil korxonasida O’zLiDeP a’zolari safi 15 taga ko‘paydi

Sherobod tumanidagi “Sherobod tekstil invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati ayni paytda bir yilda 14 ming tonna ip-kalava yigirish quvvatiga ega. Mazkur tekstil “Sax cluster” tarkibidagi ishlab chiqarish korxonasi bo‘lib, unda 650 nafar sherobodliklar mehnat qilishmoqda. Mahsulotlar Rossiya, Turkiya hamda Xitoyga eksport qilinmoqda.

Aytish kerakki, “Sax cluster” tarkibida 14 ming paxta tolasi ishlab chiqarish quvvatiga ega paxta zavodi, zararkunandalarga qarshi biomahsulot ishlab chiqaradigan biofabrika, eksport korxonasi, agroxizmat, tikuvchilik fabrikasi hamda Qiziriq paxta zavodi kabi korxonalarni o‘z atrofida jamlagan yirik klaster korxonasi hisoblanadi. Bu korxonalarda minglab yoshlarimiz, xotin-qizlarimiz ish bilan ta’minlangan.

Hozirda o‘tkazilayotgan Boshlang‘ich partiya tashkilotlarining hisobot-yig‘ilishining navbatdagi manzili ushbu tekstil korxonasi bo‘ldi. O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi vakillari korxonada bo‘lishib, boshlang‘ich partiya tashkilotining hisobot yig‘ilishida ishtirok etishdi.

Yig‘ilish so‘ngida korxonada mehnat qilayotgan 15 nafar yosh partiya a’zoligiga qabul qilindi.

 O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    956
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+