Tibbiy salohiyatdan - partiyaviy faollikka

01.03.2022, 16:49

Tibbiy salohiyatdan - partiyaviy faollikka

Buxoro shahrida bugungi kunda 88 ta O’zLiDeP quyi bo‘g‘inlari faoliyat olib bormoqda. Ular o‘z safiga jami 8635 nafar maslakdoshni birlashtirgan. O’z partiyaviy faoliyatini davr talablari darajasida olib borayotgan BPT lardan biri shahardagi “Salomatlik maskani” xususiy shifoxonasi huzurida tashkil etilgan quyi bo‘g‘indir. Hozirgi paytda bu yerda 41 nafar O’zLiDeP  a’zosi shifokorlikdek mo‘‘tabar kasbni ulug‘lash bilan birga partiya g‘oya va maqsadlarini aholi orasida keng targ‘ib etish,  turli kasalliklarning oldini olish yuzasidan profilaktik-tushuntirish ishlarini ham olib borishayapti. “Salomatlik maskani” shifoxonasi rahbari, xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashi deputati, O’zLiDeP  shahar Kengashi raisi Jonibek Matniyozov boshchiligida ayniqsa ushbu hududga yaqin bo‘lgan Navoiy, Mirzo Ulug‘bek nomli MFY lardagi xonadonlarda bu boradagi ishlar talab darajasida yo‘lga qo‘yilgan. Partiya saflarining ushbu BPT da yil sayin kengayib borishida ana shular muhim omil bo‘lmoqda.

 “Salomatlik maskani” bugungi kunda so‘nggi rusumdagi  tibbiy asbob –uskunalar, jumladan MRT, EKG, UZI apparatlari bilan jihozlangan bo‘lib, bu yerda  40 taga yaqin ish o‘rni yaratilgan. Bemorlarga stomatologiya, kosmetologiya yo‘nalishlaridan tashqari exokardiogramma va boshqa tibbiy xizmatlar ham ko‘rsatiladi.

Yig‘ilishda boshlang‘ich partiya tashkilotining ana shu muhim hujjatdan kelib chiqadigan asosiy vazifalari belgilab olindi. BPT ning hisobot davridagi faoliyati qanoatli deb topildi hamda uning raisi etib Dilorom Salomova qayta saylandi.

Shu kungacha Buxoro shahridagi BPT larning 30 tasida hisobot –saylov yig‘ilishlari o‘tkazilib, ayniqsa “Zamin madad tayyorlov savdo”, “Muzaffar fayz” MChJlari, “Tadbirkor ayol” uyushmasi, viloyat teleradiokompaniyasi, “Jo‘bor”, “Dilkusho”, “Ko‘kaldosh”, “Shayxul olam” MFY lari huzurida faoliyat yuritib kelayotgan partiya quyi bo‘g‘inlarida bu yig‘ilishlar  uyushqoqlik bilan o‘tkazilib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi. 

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    369
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+