Deputatlik eshituvi: Kogonda investitsiya dasturi doirasida 937, 2 mlrd. so‘mga teng 121 ta loyihalar amalga oshirildi

01.03.2022, 16:52

Deputatlik eshituvi: Kogonda investitsiya dasturi doirasida 937, 2 mlrd. so‘mga teng 121 ta loyihalar amalga oshirildi

Xalq deputatlari Kogon tuman kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining yig‘ili bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda  tuman hokimi o‘rinbosari A.Xaydarov tumanda tashkil etilgan kichik sanoat zonalarining faoliyati, tadbirkorlarni qiynayotgan muammolar hamda joriy yil uchun tumanda kiritilayotgan investitsiyalar yuzasidan  hisoboti tinglandi.

Hisobotda  qayd etilganidek,  Kogon tumanining 2021 yilgi investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 937,2 mlrd.so‘mga teng 121 ta loyihalar amalga oshirilishi natijasida 1707 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Jumladan, qishloq xo‘jaligi, sanoat, xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlari bo‘yicha jami 242 ta loyiha bajarilib, 1707 ta yangi ish o‘rinlari yaratilganligi aholi turmush farovonligini oshirish imkonini berdi.

 Joriy 2022 yilgi hududiy investitsiya loyihalari bo‘yicha ham bir qator ishlarni bajarish rejalashtirilgan. Investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 672,9 mlrd.so‘mga teng bo‘lgan jami 29 ta loyihalar amalga oshirilishi natijasida 537 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilganligi ma’lum qilindi.

Deputatlik guruhi yig‘ilishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va xorijiy kreditlar bo‘yicha ham tegishli ma’lumotlar taqdim etildi. Davlatimiz rahbarining  tegishli qaroriga asosan tumanda 2022 yilda 5 ta loyihalar doirasida 29,5 mln. dollar miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish rejalashtirilgan.

Jumladan, "Kogon teks",  "Prom Tekstil", "Rem Stroy Komplekt Injiniring"  MChJlari hamda "China Xiangyang Group" xususiy korxonasi negizlarida kalava-ip, ip-gazlama, parranda go‘shtini konserva qilish, qog‘oz mahsulotlari, armatura ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha jami 31, 5 mln AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish rejalashtirilgan.

Yig‘ilishda tumanni 2022 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha, belgilangan vazifalar xususida ham batafsil so‘z yuritildi.

Yig‘ilish kun tartibida ko‘rilgan asosiy masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida MFYlardagi hokim yordamchilari hamda yoshlar yetakchilaridan O’zLiDeP a’zosi bo‘lish istagidagi 41 nafar faollarga partiya guvohnomalari topshirildi. 

  • Ko'rildi
    335
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+