BPT sarhisobi: 1000 nafardan ortiq a’zolarni birlashtirgan Toyloq tuman Xalq ta’limi bo‘limi faoliyati sarhisob qilindi
01.03.2022, 17:00
Barcha hududlarda bo‘lgani kabi Samarqand viloyatining barcha tuman va shahar Kengashlari tarkibidagi boshlang‘ich tashkilotlarida hisobot - saylov yig‘ilishlari bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zLiDeP Toyloq tuman Kengashi tarkibida ham 65 ta partiya boshlang‘ich tashkiloti bo‘lib, o‘z atrofida 8 mingga yaqin a’zolarni birlashtirgan.
Tuman Xalq ta’limida tashkil etilgan yig‘ilishda partiya boshlang‘ich tashkilotining 2021 yil faoliyati tahlil etildi.
Partiya boshlang‘ich tashkiloti raisining hisobotida qayd etilishicha, bugungi kunda tuman xalq ta’limi tizmida 61 ta maktablar bo‘lib, 2822 nafar pedagoglar faoliyat yuritadi. Shundan 1242 nafar pedagoglar partiyamiz faol a’zolari hisoblanadi.
Hisobot davrida 48 nafar partiya a’zolari sifat jihatdan yangilandi. 2022 yil 1 yanvar holatiga partiya a’zolari soni 1242 nafarni tashkil etadi.
Partiya a’zolarining 920 nafari oliy va 322 nafari o‘rta maxsus va o‘rta ma’lumotlilar tashkil etadi. Partiya a’zolarining 870 nafari xotin-qizlardir.
Shuningdek, yig‘ilishda Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi va 2022 yil “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturidagi belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda quyi bo‘g‘inning 2022 yil uchun ish rejasi tasdiqlab olindi va boshlang‘ich partiya tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda partiya deputatlik guruhi bilan o‘zaro hamkorlik borasidagi vazifalari to‘g‘risidagi masalalar yuzasidan ham ma’ruzalar tinglandi.
Tadbir yakunida quyi bo‘g‘in faoliyati ijobiy baholanib, partiyaning faol a’zosi, Abdusalim Majidov boshlang‘ich partiya tashkiloti raisi etib saylandi hamda partiya viloyat Kengashining tashakkurnomasi topshirildi.
Z. Avazov, O‘zLiDeP Toyloq tuman Kengashi raisi,
partiya tuman Kengashi Faxriylar Kenashi a’zosi.
O'xshash yangiliklar
-
Ta’lim sohasi vakillari partiya targ‘ibotida faol
09.04.2024, 20:15
-
“Bunyodkor tekstilda” quyi bo‘g‘in faoliyati jonlanmoqda
08.04.2024, 17:01
-
217 nafar partiya a’zosi bo‘lgan korxonadagi quyi bo‘g‘inning faoliyatiga baho berildi
05.04.2024, 12:57
-
Viloyat hokimi o‘rinbosarining hisoboti eshitildi
04.04.2024, 11:09
-
Buxorolik maslakdoshlarimiz safi tobora kengayib bormoqda
02.04.2024, 16:56
Fikringizni qoldiring