O’zLiDeP “Ayollar qanoti” vakillari “Mohir ayollar” tikuvchilik sexi faoliyati bilan tanishdi

01.03.2022, 17:03

O’zLiDeP “Ayollar qanoti” vakillari “Mohir ayollar” tikuvchilik sexi faoliyati bilan tanishdi

O’zLiDeP Sirdaryo viloyati va Guliston shahar Kengashi faollari shahardagi “Mohir ayollar” tikuvchilik sexida bo‘lishdi.

Tadbirkorlar safida xotin-qizlarning ham o‘z o‘rni va salohiyati borligini tan olish kerak. Birgina Manzura Jiyanova boshchilik qilayotgan “Mohir ayollar” tikuvchilik tsehi yuzlab ayollarning sevimli ish joyiga aylangan. Sababi ular Manzura Jiyanova tufayli ishli bo‘ldi. Oilasi uchun ham, jamiyat uchun ham nafi tegayotganidan, o‘z jamoasi borligidan xursand ular.

Manzura Jiyanova sexdagi tikuvchilarning ortida yana o‘nlab shogirdlari borligini faxr bilan ta’kidladi.

-Chevarlarim, nafaqat tikishni, balki, tadbirkorlikni ham o‘rganishadi. Ularning safi qancha ko‘paysa, shuncha xursand bo‘laman. Ishsizlik, kambag‘allikni qisqartirish shu yo‘sinda tugatiladida. Alohida ish boshlayman, deganlarga tadbirkorlik jihatlarni erinmay o‘rgataman. Chunki tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlar, imkoniyatlar harakati bor insonga kuch-quvvat bag‘ishlaydi.

“Mohir ayollar” tikuvchilik sexi xodimlariga O’zLiDeP viloyat Kengashi va Guliston shahar Kengashining esdalik sovg‘alari ulashildi.

O’zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    1028
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+