Deputat eng chekka tog‘li hududda istiqomat qilayotgan aholining muammosini o‘rgandi

02.03.2022, 15:04

Deputat eng chekka tog‘li hududda istiqomat qilayotgan aholining muammosini o‘rgandi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari o‘z saylov okruglarida bo‘lib, saylovchilar bilan uchrashuvlar tashkil qilgan edi.  Xalq vakillari aholining qiynayotgan turli masalalardagi muammolarini o‘rganib, tegishli mutasaddi tashkilotlar orqali ijobiy yechim topishga harakat qilishdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Hazratqul Xo‘jamqulov Boysun tumanida eng chekka hududlargacha borib, aholi bilan muloqotda bo‘ldi, ularning murojaatlarini to‘liq o‘rgandi.

Xalq vakilining saylovchilar bilan uchrashuvi Boysun tumanining tog‘li hududlaridan “Sayrob” MFYda o‘tkazildi. Mazkur mahallada 3800 nafar aholi istiqomat qilib kelmoqda. Mahallaning to‘rt tomoni ham tog‘ bilan o‘ralgan. Bugungi kunda aholini qiynab kelayotgan muammosi toza ichimlik suvi tanqisligi bo‘lib, qishloqqa suv kelishi to‘xtab qolgan. Tog‘ bag‘rida katta buloq suvi oqadi. Mahalla markazidan 7 km uzoqlikda joylashgan toza buloq suvini olib kelish kerak xolos. Deputat bilan uchrashuvda ushbu masala yuzasidan murojaat qilindi.

Shu kunning o‘zida deputat tuman hokimligi, suv ta’minoti bo‘limi mutasaddi rahbarlari bilan joyiga chiqib o‘rgandi. Haqiqatdan ham katta buloq bor, faqatgina uni qishloqqa yetkazib borish kerak. Mutasaddilar ushbu masalaga ijobiy yechim topish maqsadida tuman investitsiya dasturiga kiritish bo‘yicha kelishib olindi. Qishloq aholisi tez fursat ichida toza ichimlik suvidan bahramand bo‘lishadi.

  • Ko'rildi
    496
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+