Hisobot-saylov yig‘ilishida deputat va BPT hamkorligi mustahkamlandi

02.03.2022, 17:15

Hisobot-saylov yig‘ilishida deputat va BPT hamkorligi mustahkamlandi

O’zLiDeP Vobkent tuman Kengashi “Robotoxun" MFY qoshida tashkil qilingan BPTda  navbatdagi hisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda partiya tuman Kengashi raisi, mahalliy Kengash deputati T.Jo‘rayev ishtirok yetib, “Yangi O’zbekistonning 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi va uni 2022 yil - Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida" gi Prezident Farmonidan kelib chiqib, BPTlar oldida turgan dolzarb vazifalar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Yig‘ilishda BPTda 2021 yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan BPT raisi G.G’afforovaning hisoboti tinglanib, 2022 yilga mo‘ljallangan ish rejasi ishlib chiqildi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan partiya  a’zolaridan Z.Ergashev, Z.Imomovalar o‘z fikr-mulohazalarini  bildirib o‘tdilar.

Yig‘ilishda BPTlar tomonidan turli sohalardagi muammolarning ko‘tarilishi va ularning yechimi yuzasidan tuman deputatlik guruhi bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

  • Ko'rildi
    395
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+