Taraqqiyot strategiyasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda xotin-qizlarning alohida o‘rni bor

02.03.2022, 17:16

Taraqqiyot strategiyasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda xotin-qizlarning alohida o‘rni bor

Jizzax shahridagi Monomarkazda O'zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” guruhi faollari va partiya Jizzax shahar Kengashi  hamkorlikda “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” Davlat Dasturida belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirishda xotin-qizlarning o‘rni” mavzuida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda O'zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” guruhi faollari, xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashidagi O'zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, turli sohalarda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar, talabalar ishtirok etishdi.

Davra suhbati davomida Taraqqiyot strategiyasida asosida qabul qilingan  “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” Davlat dasturida belgilab berilgan vazifalar mazmun-mohiyati  to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Shuningdek, ayollar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda chekka hududlarda xotin-qizlar uchun tibbiy ko‘riklar tashkil qilish, faol, tadbirkor qizlarni partiya safiga jalb qilish masalalari ham  muhokama qilindi.

Mahallalarda hokim yordamchiligiga va yoshlar yetakchiligiga saylangan xotin-qizlar bilan uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalar umumlashtirildi.

Shoira G’ozibekova,

O'zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

“Ayollar qanoti” guruhi rahbari

  • Ko'rildi
    358
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+