Mahallada faoliyat yuritayotgan quyi bo‘g‘in tarkibiga 25 nafar xodim partiya safiga qo‘shildi

02.03.2022, 17:37

Mahallada faoliyat yuritayotgan quyi bo‘g‘in tarkibiga 25 nafar xodim partiya safiga qo‘shildi

Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Ozodlik” MFY  qoshida faoliyat yuritayotgan boshlang‘ich partiya tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi hududdagi 18-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda BPT yetakchisi Z.Avazova quyi bo‘g‘inning 2021 yildagi faoliyati haqida hisobot berib, 2022 yildagi ustuvor vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.  

Yig‘ilishda shuningdek, BPTlar bilan ishlashda yangicha uslublardan foydalanish, quyi bo‘g‘inlar samaradorligini oshirish, a’zolar safini yanada kengaytirish, partiya elektorati uchun biznes muhitini yaratish, quyi bo‘g‘in yetakchisini saylash kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

Zulxumor Avazova yetakchilik qilayotgan boshlang‘ich partiya tashkiloti mamlakatimizda kechayotgan demokratik islohotlar mazmun-mohiyatini jamoa a’zolari orasida chuqur tushuntirishda doimo faol. Qolaversa, u boshchiligidagi makatab jamoasi  ijtimoiy-siyosiy  sohadagi  islohotlarda deputatlar bilan hamkorlikni yaxshi yo‘lga qo‘ygan.

– Boshlang‘ich tashkilotimizda siyosiy o‘quv, seminar-treninglar muntazam o‘tkaziladi. Xususan, maktabimiz  hududda istiqomat qilayotgan fuqarolarlarning deputatlar bilan uchrashuvlari tashkil etilmoqda. Asosiy vazifamiz ham aholining siyosiy faolligini oshirish orqali a’zolarimiz sonini kengaytirish, partiyaning jamiyatdagi nufuzi va o‘rnini yanada oshirishdan iboratdir, – deydi Z.Avazova.

Yig‘ilish so‘ngida ishonchni oqlagan Zulxumor Avazova boshlang‘ich partiya tashkiloti yetakchisi etib qayta saylandi va 25 nafar xodimlar partiya safiga qo‘shildi.

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    545
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+