Tibbiyot xodimlari bo‘sh vaqtlarida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirdi

02.03.2022, 17:39

Tibbiyot xodimlari bo‘sh vaqtlarida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirdi

O'zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi "Ayollar qanoti" tomonidan Shirin shahar "Nurobod" QVPda “Xotin- qizlarni e’zozlash haftaligi” doirasida davra suhbati o‘tkazildi.

Suhbat avvalida "Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi va uni 2022 yil - Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘grisida"gi Farmondan kelib chiquvchi dolzarb vazifalar yuzasidan tibbiyot xodimlari amalga oshiradigan ishlari yuzasidan to‘xtalib o‘tildi.

Tadbir davomida O'zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” bo‘limi mudiri Nasiba Rustamova taraqqiyot strategiyasida xotin-qizlarning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalar olishlari, munosib ish topishlariga har tomonlama ko‘maklashish, tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash va ularning qobiliyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirish, “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini hal etish tizimini yanada takomillashtirish vazifalari belgilab berilganligini izohlab o‘tdi.

Tibbiyot xodimlarining davra suhbatidagi ishtiroki yanada qizidi. Mavzu yuzasidan savollar ham talaygina edi. Sababi ular orasida bo‘sh vaqtlarida qo‘shimcha tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni istaganlar, subsidiyalarni qanday olish, 30 yoshga to‘lmagan farzandlariga qanday imkoniyat borligini so‘raganlar ko‘p edi. Savollarga atroflicha javob olishdi. 

Jamiyatdagi xotin-kizlarga tazyiq va zo‘ravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish, xotin - kizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taminlash yuzasidan ham tushunchalar berildi.

O’zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi

 matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    766
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+