Toyloq tumanidagi Axborot - kutubxona markazida partiya quyi bo‘g‘ini tashkil etildi

02.03.2022, 17:43

Toyloq tumanidagi Axborot - kutubxona  markazida partiya quyi bo‘g‘ini  tashkil etildi

O‘zLiDeP viloyat, Bulung‘ur, Jomboy, Samarqand tuman Kengashi mas’ul xodimlari, xalq deputatlari viloyat, tuman Kengashlaridagi O‘zLiDeP deputatlari, partiya Faxriylar Kengashi a’zolari, tumanning yoshlar yetakchilari ishtirok etgan tadbirda tuman Axborot - kutubxona  markazida partiya boshlang‘ich tashkilotini tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi.

Toyloq tumaning markazida 2020 yilda tashkil etilgan mazkur kutubxonda 13 nafar oliy ma’lumotli pedagoglar va ishchi xodimlar faoliyat yuritadi.  Eng quvonarlisi mazkur kutubxonada 16 365 ta  turli xil adabiyotlar mavjud. Hozirgi kunda mazkur kutubxonaga tumandagi 4375 ta nafaqaxo‘rlar, pedagoglar, yoshlar, xotin – qizlar o‘z bilimlarini oshirib kitobxonlikni targ‘ib qilishmoqda.

Tadbirda taraqqiyot strategiyasining 72 – maqsadida Aholiga axborot – kutubxona xizmatini ko‘rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha alohida topshiriqlar berilganligi aytib o‘tildi.

Tumandagi Axborot - kutubxona  markazida partiyaning boshlang‘ich tashkiloti tashkil qilinib, xodimlariga partiya a’zolik guvohnomalari topshirildi. Quyi bo‘g‘in raisi etib, Axborot - kutubxona  markazi rahbari Tolmas Xudaynazarov saylandi.

Tadbir yakunida O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashining 50 ga yaqin siyosiy, badiy adabiyot kitoblari, partiya estalik sovg‘alari kutubxona fondiga topshirildi.

Akmal Mirzoyev,

O‘zLiDeP Toyloq tuman Kengashi

raisining birinchi o‘rinbosari – apparat rahbari

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    584
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+