Eksport salohiyatini kuchaytiramiz

02.03.2022, 18:03

Eksport  salohiyatini  kuchaytiramiz

Yangi O’zbekiston Taraqqiyot strategiyasining uchinchi ustuvor yo‘nalishida milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda raqobatbardosh mahsulotlar yaratish, eksport salohiyatini kuchaytirish kabi qator  vazifalar belgilangan.

Men avvalo o‘zim saylangan saylov okrugi hududlarida o‘tkazilayotgan uchrashuv va muloqotlarda Taraqqiyot strategiyasining asosiy ustuvor yo‘nalishlari haqida, viloyat, tuman miqyosida amalga oshiriladigan dasturlar to‘g‘risida targ‘ibot ishlarini olib boryapman. Jumladan, viloyatda to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish, klaster tizimining joriy etilishi natijalarini misollar yordamida tushuntirib boryapman.         

Korxonamizda ham bu vazifalar ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yaqin besh yil ichida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni ishlab chiqdik. 2019 yilda partiyaning viloyat va tuman Kengashi ko‘magida korxonamizga imtiyozli kredit olinib, faoliyatimiz yanada kengaydi, qo‘shimcha 150 nafar ishchi o‘rni yaratildi. Ishlab chiqarayotgan mahsulotlarimiz Rossiya, Turkiya, Qozog‘iston hamda qo‘shni Qirg‘iziston respublikalariga, Yevropa mamlakatlariga eksport qilinmoqda.

Uychi tumanida joylashgan sexlarimizda paxtani yigirib, undan ip tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan. Endigi rejamiz sexlarni yanada kengaytirib, ipni bo‘yash, shu yerning o‘zida to‘qish texnologiyalarini ham yo‘lga qo‘ymoqchimiz va shu yo‘l bilan yana 130 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishiga erishamiz. Kosonsoy tumanidagi "As Group Tex" MChJ da esa  xom ashyodan sochiq mahsulotlari to‘qiladi. U yerda 510 nafar ishchi ishlaydi, shundan 360 nafari  ayollar va 150 nafari yoshlardan iborat. Ularga munosib mehnat sharoitlarini yaratish choralarini ko‘rganmiz. “Ustoz-shogirdlik” ana’anasi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ishchi-xizmatchilarning kasb-malakasini oshirishga ham ahamiyat bermoqdamiz.

Jamoamiz a’zolarining siyosiy, huquqiy bilimlarini mustahkamlash maqsadida O'zLiDeP viloyat, tuman Kengashi bilan hamkorlikda tadbirlar o‘tkazib turamiz. Yaqinda “Bugungi zamonaviy tadbirkor O'zLiDePni tanlaydi” shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Unda partiya viloyat Kengashi apparat rahbari Orifjon Mahmudov yoshlarga tadbirkorlikni, oilaviy biznesni boshlash uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlar haqida tushuncha berdi. Yoshlar va biznes tuzilmalar bilan ishlash bo‘limi mudiri Dilnoza Xolmatova hamda ayollar bilan ishlash bo‘limi mudiri Husnida Iminjanovalarning qiziqarli fikr-mulohazalari ham yoshlarda katta taassurot qoldirdi. Ahamiyatli jihati shundaki, tadbir samarasiz kechmadi, shu kunning o‘zida korxona ishchi-xizmatchilaridan 30 nafari o‘z xoxish-istaklari bilan  O’zLiDeP  a’zoligiga qabul  qilindilar.

Anvar ABDULXAYEV,

Barkas-teks ”MCHJ rahbari, xalq deputatlari

Namangan viloyat Kengashi deputati

  • Ko'rildi
    330
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+