Chiroqchida ko‘rgazmali seminar tashkil qilindi

02.03.2022, 18:18

Chiroqchida ko‘rgazmali seminar tashkil qilindi

Bugungi kunda aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, ishsiz fuqarolarga fermer xo‘jaliklari yerlaridan 10 sotixdan 1 gektargacha ajratib berilayotganligi qishloq aholisining daromadini oshishiga, bandligini ta’minlanishiga erishilmoqda.

Bu borada Chiroqchiliklar tomorqachilikning asl hadisini olgan.

Davlatimiz rahbarining tomorqa faoliyatini yanada rivojlantirish, shu orqali aholi daromadlarini oshirish yuzasidan berayotgan topshiriq va vazifalaridan kelib chiqib, Bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G’aniyev hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O'zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov ishtirokida Chiroqchi tumanining "Qirg‘iz" mahallasida bog‘dorchilik, uzumchilik, polizchilik, asalarichilik va chorvachilik kabi yo‘nalishlarini mahalalarda rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish maqsadida ko‘rgazmali seminar tashkil qilindi.

Seminar davomida mutasaddi rahbarlar hamda mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisi hamrohligida mahallada aholini kambag‘allikdan chiqarish xususida amalga oshirilayotgan ishlarni xonadonbay yurish tamoyili asosida o‘rganishdi. Mahallada istiqomat qilayotgan Qo‘chqor Abdullayev xonadonida bo‘lgan Sh.G’aniyev boshchiligidagi mas’ullar va nuroniy otaxonlar yaxshi niyatlar bilan mevali daraxt ko‘chatlarini duoga qo‘l ochib yerga qadashdi.

- Bilagida kuchi bor inson bugun tomorqasi bilan “til topisha olsa”  ko‘zlagan maqsadiga yetyapti, - deydi "Qirg‘iz" mahallasi faoli Q.Abdullayev – Kichik honodonimning har bir qarich yeridan unumli foydalanganim uchun asosiy daromadim tomorqadan! Bugungi seminarda ham ko‘chat parvarishlash sirlaridan yetarlicha ma’lumot oldim.

Shuningdek tashrif davomida ma’sullar viloyatda yagona bo‘lgan "Asalarichilik majmuasi" faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ushbu asalarichilik markazida ming oiladan ziyod asalari mavjud bo‘lib, yiliga 38-40 tonnaga yaqin asal olinmoqda.

  • Ko'rildi
    315
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+