Bosh vazir o‘rinbosari Qashqadaryoga quruq qo‘l bilan kelmadi...
03.03.2022, 10:48
Bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G’aniyev Qashqadaryoda qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan islohotlar va bahorgi ekin-tikin ishlariga tayyorgarlikni ko‘zdan kechirish maqsadida 47 ming tup har xil turdagi mevali daraxt ko‘chatlari bilan keldi.
Yakkabog‘ tumanidagi “Mevazor” mahallasida bosh vazir o‘rinbosari Sh. G’aniyev hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O'zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov mahalladagi hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari bilan muloqot olib borib, har bir mahalla xonadonlarida mo‘‘jazgina bog‘ yaratish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
-Bog‘dorchilik, uzumchilik, polizchilik, asalarichilik va chorvachilik kabi yo‘nalishlarni mahalalarda rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish yuzasidan o‘tkazilgan ko‘rgazmali seminar bir ming ellikdan ziyod honodonga ega aholimiz uchun nihoyatda samarali bo‘ldi, - deydi Mevazor MFY raisi Ilhom Errahmatov. – O’zi mahallamiz polizchilikka ihtisoslashtirilgan. Bugungi seminar natijasida bog‘dorchilik va chorvachilikni ham rivojlantirishni ko‘zlab turibmiz. Buguning o‘zida mahallamizda 4600 tupdan ziyod mevali, 3350 tupdan ziyod manzarali daraxt ko‘chatlar o‘tqazildi.
Bosh vazir o‘rinbosari boshchiligidagi mas’ullar yo‘l-yo‘lakay dalalarda mehnat qilayotgan bog‘bonu sohibkorlar bilan ham suhbat olib bordi.
O'zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlari xalq manfaatlari yo‘lida
20.04.2024, 12:07
-
Aholiga qonunchilikdagi yangiliklar tushuntirildi
20.04.2024, 08:29
-
Deputatlar mirzacho‘llik saylovchilar bilan uchrashdi
18.04.2024, 12:00
-
Yerlardan samarali foydalanish imkoni yaratilmoqda
13.03.2024, 21:50
-
Ishchi guruh Beruniy tumanida o‘rganishlar olib bordi
05.03.2024, 11:34
Fikringizni qoldiring