Qibraylik partiya xayrixohlari o‘zlariga yetakchi saylashdi

03.03.2022, 16:54

Qibraylik partiya xayrixohlari o‘zlariga yetakchi saylashdi

Respublikamizdagi eng namunali mahallalardan bo‘lgan Qibray tumanidagi “Bunyodkor” MFYda partiya safiga birikkan partiya xayrixohlari mahallada tashkil etilgan BPTning navbatdagi hsiobot saylov yig‘ilishini o‘tkazishdi.

 Unda bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan oqilona davlat siyosati natijasida amalga oshirilayotgan bunyodkorliklar, yuzaga kelayotgan imkoniyatlar alohida e’tirof etildi. O’zLiDeP ham mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etib, qator hayotbaxsh islohotlarning amaliyotchisi bo‘layotgani qayd etildi.

Partiyaning quyi tayanch bo‘g‘ini bo‘lgan mazkur tashkilot ham bu borada og‘ishmasdan kamarbastalik bilan ish olib borayotgani ta’kidlandi. Tashkilotning o‘tgan yildagi faoliyati sarhisob qilindi.

Boy hayotiy tajribasi, o‘zining barqaror siyosiy pozitsiyasi va fikriga ega ekanini inobatga olib, kelgusida ushbu BPTga boshchilik qilish mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Botir Sobirovga ishonib topshirildi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    319
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+