Taraqqiyot strategiyasi ijrosini ta’minlashda partiya “Ayollar qanoti” ham faol ishtirok etadi

04.03.2022, 12:22

Taraqqiyot strategiyasi ijrosini ta’minlashda partiya “Ayollar qanoti” ham faol ishtirok etadi

O’zLiDeP Buxoro viloyat Kengashida  partiya faollari hisoblangan tadbirkor va fermer xotin-qizlar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi” va  undagi  7 ta yo‘nalishida o‘z ifodasini topgan 100 ta maqsad xususida batafsil so‘z yuritildi.

Davra suhbatida Buxoro viloyatini ham ijtitimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda tub o‘zgarishlar ro‘y bergani, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni taraqqiy ettirishda jumladan, Buxorolik tadbirkor ayollarning ham munosib hissasi qo‘shilganligi qayd etildi. Bir so‘z bilan aytganda, strategiyaning uchinchi yo‘nalishidagi maqsad va vazifalarni ta’minlashda bundan keyin ham viloyat ayollari – partiya faollarining o‘z o‘rni bo‘ladi.

Davra suhbatida taraqqiyot strategiyasining barcha yo‘nalishlari mazmun-mohiyati  aniq-ravshan va batafsil ochib berildi. Ayollarning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy muhofazasi, ona va bola salamatligini saqlash, aholiga madaniy-maishiy, tibbiy va boshqa sohalarda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish xususida ham Davlat dasturida belgilab berilgan ustuvor vazifalar hamda ularning viloyatdagi ijrosi tinglovchilar e’tiborida bo‘ldi.

Tadbir so‘ngida yaqilashib kelayotgan 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan O’zLiDePning faol ayollariga eng samimiy tilaklar bildirildi.

  • Ko'rildi
    407
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+