Ishchi guruh o‘rganishi: Chirchiq shahrida yaxlit qishloq xo‘jaligi mashinasozlik klasteri tashkil qilinadi

04.03.2022, 18:47

Ishchi guruh o‘rganishi: Chirchiq shahrida yaxlit qishloq xo‘jaligi mashinasozlik klasteri tashkil qilinadi

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi vakillari va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, bir qator vazirliklar ishtirokida Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida davra suhbati tashkil qildi.

Ta’kidlanganidek, 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida qator ustuvor vazifalar belgilab berilgan edi. Joylarda uning ijrosini ta’minlash maqsadida barcha tashkilotlar tomonidan sa’y-harakatlar boshlab yuborildi. Tarqqiyot strategiyasi asosida O‘zLiDePning yo‘l xaritasi ham ishlab chiqilib, uning ijrosini ta’minlashga mas’ul qator ishchi guruhlari shakllantirilgan edi. Barcha yo‘nalishlarni qamrab olgan yo‘l xaritasida milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish
va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash masalasida ham qator vazifalar o‘rin olgan.

Bo‘lib o‘tgan muloqotda taraqqiyot strategiyasida belgilab berilgan Chirchiq shahrida qishloq xo‘jaligi mashinasozligining ishlab chiqarishini yagona sanoat klaster usulida tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan taqdimot qilindi.

Dasturga ko‘ra Qishloq xo‘jaligi mashinasozlik korxonalarning quvvatlaridan Toshkent shahar chegarasidan olib chiqish hamda Chirchiq shahrida yaxlit qishloq xo‘jaligi mashinasozligi klasterini tashkil qilish, Qishloq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan texnika va tirkamalar turlari ishlab chiqarishni tashkil qilish ko‘zda tutilgan.

Bunda:

-xorijiy hamkorlar bilan kooperatsiya aloqalarini mustahkamlash, 4000 dona budjet toifadagi traktor hamda yuqori unumdor texnika turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish;

-ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish (kamida 90 foiz) hamda mahalliylashtirish darajasini 50 foizga yetkazish;

-mahsulot tannarxini o‘rtacha 20 foizga pasaytirish hamda korxonalarning moliyaviy holatini yaxshilash, foyda bilan ishlashni ta’minlash;

-konstruktorlik markazini rivojlantirish va xodimlarining malakasini oshirish belgilangan.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari B.Abdinazarov loyiha bo‘yicha olib borilayotgan tizimli chora-tadbirlar bo‘yicha taqdimot qildi.

Ishchi guruhi tomonidan kelgusida Dastur ijrosi yuzasidan tizimli hamkorlik, shuningdek, jamoatchilik va deputatlik nazorati olib borishga kelishib olindi.

  • Ko'rildi
    556
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Nursulton2022-04-23 10:16:48

Men qishloq xo'jaligi mashinasozlik klasterida ishlamoqchiman qanday qilib ishga kirsam bo'ladi


Fikringizni qoldiring

+