O`zLiDeP “Yoshlar qanoti” faollari uchun Buxoro shahridagi ishlab chiqarish korxonalariga biznes tur tashkil etildi

07.03.2022, 11:39

O`zLiDeP “Yoshlar qanoti” faollari uchun Buxoro shahridagi ishlab chiqarish korxonalariga biznes tur tashkil etildi

Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan “Taraqqiyot strategiyasi”da belgilab berilgan ustuvor vazifalarni keng targ‘ib qilish maqsadida O’zLiDeP Buxoro viloyat  Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalar bilan ishlash bo‘limi tomonidan Buxoro shahridagi ishlab chiqarish korxonalarida biznes tur  tashkil etildi. 

Biznes tur qatnashchilari dastlab partiya faoli Dilorom Fayziyeva tomonidan tashkil etilgan “Fayz qurilish mollari” va “Buxara smes” MChJlari tashrif buyurib korxona faoliyati bilan  yaqindan tanishdilar.

“Fayz qurilish mollari” MChJ da xalqaro standartlar bo‘yicha ishlab chiqarishni rivojlantirishga jiddiy e’tibor berilayotganligi bois, bu yerda konvert asosida printerli buyumlar, polipropilen qoplar, germetik maxsulotlar, shuningdek sifatli lak—bo‘yoqlar tayyorlash talab darajasida bo‘lib, ular raqobatbardoshligi bilan ajralib turadi .

Bugungi kunda Buxoro shahri, Buxoro va Kogon tumanlarida “Fayz qurilish mollari” MChJga qarashli qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bir yo‘la 3 ta zavod faoliyat ko‘rsatmoqda. Tayyor mahsulotlar nafaqat respublikamiz viloyatlariga, balki Afg‘oniston davlatiga ham peshma–pesh yetkazib berilayapti. Hozirgi paytda MChJ korxonalarida 100 dan ziyod turdagi qurilishbop maxsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

Kunning ikkinchi yarmida Biznes  tur ishtirokchilari  «Asilbek nurli kelajak» xususiy korxonasida bo‘lishdi.

2007 yil 16 apreldan boshlab faoliyat yuritayotgan korxonada polietilen paket hamda polietilen plyonkalar ishlab chikariladi. Birgina 2020 yilning o‘zida korxonada 72,5 tonna  polietilen plyonka, 18,3 tonna polietilen paketlar jami 3492 million so‘mlik xar xil turdagi polietilen mahsulotlar ishlab chikarilgan bo‘lsa, 2021 yilga kelib bu ko‘rsatkichlar - 86 tonna polietilen plyonka, 135,4 tonna polietilen paketlari jami 4492 million so‘mni tashkil etgan.

Korxona ayni paytda 600 ming dollarlik loyiha asosida polipropilen qoplari va termaplast mahsulotlari ishlab chiqarish va qayta ishlashni ham yo‘lga qo‘yish arafasida. Bu bilan yana qo‘shimcha 15 ta yangi ishchi o‘rni yaratiladi. Hozirgi kunda  korxonada 14 nafar ishchi xodimlar doimiy ish bilan band etilgan.

Partiya faollari va  yoshlar “Asilbek nurli kelajak” xususiy korxonasi borayotgan ish jarayoni, xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirdilar. Bo‘lajak tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar olishdi.

Bir so‘z bilan aytganda, mazkur tadbir yoshlar uchun tom ma’noda mahorat darsi bo‘ldi.

Firdavs PIRNAZAROV,

O'zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi

Yoshlar va biznes tuzilmalar bilan ishlash

bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    444
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+