Xorazmlik faol xotin-qizlarga tashakkurnoma bildirlandi

07.03.2022, 11:45

Xorazmlik faol xotin-qizlarga tashakkurnoma bildirlandi

O'zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi tomonidan ham partiya safiga birlashgan ayollarni 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan qutlash maqsadida bayram tadbiri tashkil etildi.  Partiya viloyat  Kengashi Ayollarning siyosiy faolligi jamiyatdagi o‘rni va mavqeini oshirish bo‘limi tashabbusi bilan “Ogohiy” nomidagi viloyat musiqali drama teatrida bo‘lib o‘tgan tadbir “Ayollarga ehtirom” shiori ostida o‘tkazildi.

Tadbirda vohamizning barcha hududlaridan eng ilg‘or, jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatgan, o‘zining samarali mehnati bilan O’zLiDeP partiyasining dasturiy g‘oya va maqsadlarini targ‘ib qilishga munosib hissa qo‘shgan xotin-qizlar taklif etildi.

 Tadbirda O`zLiDeP Xorazm Kengashi raisi I.Fayzullayev ishtirok etib, partiya faol ayollarini tabriklar ekan, bugungi kunda hayotimizning barcha jabhalarida bo‘lgani kabi siyosiy jarayonlarda ham faol ishtirok etayotgan ayollar o‘z so‘zi, o‘z o‘rniga ega bo‘lib kelayotgani, yurtimizda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor, ishbilarmon xotin-qizlarimiz uchun keng imkoniyatlar eshigini ochib berayotgani tadbirkor ayollarimiz hududlar iqtisodiyotiga katta hissa qo‘shayotganini ta’kidladi.

-Biz ayollarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikdan boshimiz osmonga etdi. Ayollarni e’zozlagan yurt doim fayzli va farovon bo‘ladi. Bu kabi e’tibor bizni yanada shijoat bilan mehnat qilishga, mamlakatimiz rivoji uchun munosib hissa qo‘shishga undaydi, - deydi “Shodlik” MFY raisi Dilorom Atayeva.

Partiya “Ayollar qanoti” ning bir guruh faollari partiya viloyat Kengashining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Shundan so‘ng, tadbir ishtirokchilariga spektakl va san’atkorlar ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.

Musharraf Rahimova,

O'zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

“Ayollar qanoti” bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    487
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+