PROTODAY.UZ: Elga kamarbasta deputat

13.11.2017, 19:19

PROTODAY.UZ: Elga kamarbasta deputat

Sariosiyo tumanidagi “Sanjarbek fayz-baraka” xususiy korxonasi 2012 yili tashkil etilgan edi. Bir yilcha oldin korxona rahbari Sobir Jumayev faoliyatini kengaytirish maqsadida bankdan kredit so‘rab murojaat qildi, deb yozadi Uzlidep.uz

– Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning har bir qaror va farmoni bevosita biz tadbirkorlarning manfaatlarini ko‘zlab qabul qilinyapti, – deydi u. – Bu esa ishga yangicha yondashuvni taqazo etadi. Ana shu maqsadda biz ham non va non mahsulotlari ishlab chiqarish evaziga korxonamiz faoliyatini kengaytirishni niyat qildik. Aksiyadorlik tijorat Xalq bankining Sariosiyo tuman filialidan moliyaviy ko‘mak so‘radik. Afsuski, hadeganda ishimiz yurishavermadi. Kredit ajratish paysalga solinaverdi…

Keyin nima bo‘ldi deysizmi? Sobir Jumayev shu yilning 28 iyul kuni xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi deputatlik guruhi a’zosi Maqsuda Zaripovaga murojaat qildi. Oradan ko‘p o‘tmay, “Sanjarbek fayz-baraka” xususiy korxonasiga 160 million so‘m kredit ajratildi.

– Davlatimiz rahbari shu yil 12 iyulda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan videoselektor yig‘ilishida deputatlar xalqimizning og‘irini yengil qilishi, saylovchilar bilan doimiy muloqotda bo‘lishi bugungi kunning muhim vazifasi ekanini alohida ta’kidlagani bejiz emas, – deydi O‘zLiDeP Sariosiyo tuman Kengashi apparati rahbari Umidjon Xudoyqulov. – O‘sha uchrashuv siyosiy partiyalar hamda deputatlarning sergak tortishiga, o‘z zimmasidagi mas’uliyatni yanada teranroq anglashiga turtki bo‘ldi. Mahalliy kengashda Maqsuda Zaripovadan tashqari partiyamizdan yana 8 nafar deputatimiz bor. Ayni kunlarda Alijon Eshmatov, Ochildi Xidirov va Botir Roziqov kabi xalq vakillari ham o‘z hududlaridagi tadbirkorlarning muammolarini hal qilishda ibrat ko‘rsatishmoqda.

Darvoqe, faol va tashabbuskor deputat Maqsuda Zaripova kam ta’minlangan oilalar, keksa va nogironlar holidan ham tez-tez xabar oladi. Homiylar va saxovatpesha insonlar ko‘magida ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash ishlariga bosh-qosh bo‘lmoqda.

– Yaxshilik hech qachon unutilmaydi, – deydi Sharg‘un shahri Bog‘ishamol mahallasida yashovchi Shahlo Samadova. – Oilada 11 kishimiz. Gulbahor opam birinchi, Sanobar opam esa ikkinchi guruh nogironi. Sakson yoshli onamning ko‘zlari ojiz, ko‘p yillardan beri qandli diabet kasalligi bezovta qiladi. Ro‘zg‘or tebratish og‘ir bo‘lib qolganidan keyin Maqsuda Zaripovadan yordam so‘radik. Deputatimiz “Mahalla” xayriya jamoat fondi va muravvatli homiylar bilan birga doim holimizdan xabar olib turibdi. Xalq dardini o‘ylaydigan yaxshi odamlar ko‘payaversin…

Baxtiyor ALIQULOV,

“XXI asr” muxbiri

PROTODAY.UZ

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2349
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

husnora2022-04-07 12:02:25

Assalomu Alaykum.Menga Jizzax shaxar Bog'ishamol MFY dan tadbirkorlik uchun yer kerak.Qanday aniqlab , olsak buladi


Mirjalol2022-03-27 00:28:26

Assalomualaykum men g‘isht beznisini yulga quymoqchiman menda meni g‘isht zavod bor menga yer kerak turpog‘li kimga va Qayirda murojat qilsam buladi yer xam ko‘rib qo‘ydim qanday qilib olsam buladi.


Nigora2022-03-12 12:54:03

Менга ер керак чорвачилик Бодорчилик


Hamzabek2021-05-30 14:24:14

Salom menga Quva tumani akbarobod qashlog'idan dokon uchun yer kerak


Hamzabek2021-05-30 14:22:15

Assalomu Alaykun men Farg'ona Quva tumani Akbaroboddan tadbirkorlik uchun qanday qilib yer olsam bo'ladi


MIRSOBITOV AHROR XUSHYOR OGLI2021-05-28 10:17:14

Assalomu aleykum men ozim TDIU talabasiman iqtisot yonalishida oqiman bizni yashash xududimiz uzumzor, bogdorchilik va poliz ekinlariga juda boy xisoblanib axolining asosiy daromatlari dexqonchilik men oz tumanimizda uzumni qayta ishlash ,mevalarni qayta ishlash poliz ekinlarini tuzlash ishlari bilan kichik faoliyat olib boraman faoliyatimni kengaytirish uchun ishlab chiqazishga yani sex uchun 15 -20 sotiq yer maydoni kerak agar yer maydoni bolsa ichki ixozlar ozimizda mavjud va qishloqda ishsizlik soni ham yetarlik shu ishsiz yurgan axolini ish bilan ham taminlagan bolardik eng kami 20 kishi ish bilan taminlangan bolar edi


Islombek2021-05-17 00:28:16

Men toshken shahari chilonzor tumanida anchadan buyon bosh turgan joyni kordim shu joyni olib tadbirkorlik qilmoqchiman menga qanaqa maslaxat beroladiz yaniy yerni olishim uchun mennan nimalar talab qilinadi noldan kridet orqali boshlasam boladimi moyka boyisha


sardor2021-03-15 10:21:03

tadbirkorlik uchun qanday yer olsam bolafi


Alibek 2021-03-15 09:47:09

Salom menga oylaviy beznis uchun yir kerak


Ahadbek Safarov2021-02-15 12:01:57

Assalom aliykum Hayrli kun Menga fermerlik qilish uchun yer kerak edi


Fikringizni qoldiring

+