Ishchi guruh faoliti: Qashqadaryoda ayollarning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish uchun nima ishlar qilish kerak?

09.03.2022, 12:21

Ishchi guruh faoliti: Qashqadaryoda ayollarning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish uchun nima ishlar qilish kerak?

Qarshi shahridagi Yoshlar markazida “Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi va uni 2022 yil – Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi”da belgilangan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishi (69 maqsad) yuzasidan tuzilgan ishchi guruhining yig‘ilishi o‘tkazildi.

Faol xotin-qizlar, maktab direktorlari va o‘qituvchilar ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda Qashqadaryoda ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish va jamiyatdagi maqomini yuksaltirishga doir masalalar muhokama qilindi.

-Xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasida hali ko‘p ish qilishimiz lozim,- dedi Qashqadaryo viloyat Kengashi deputati, ishchi guruhi a’zosi Ismigul Xushmurodova. – Gender tenglikni ta’minlash siyosatini davom ettirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlashga doir islohotlarni izchil amalga oshirishda Yangi O’zbekiston strategiyasi dasturilamal vazifasini o‘tamoqda. Demak, bugun xotin-qizlarimizda odob-axloq, sharm-hayo, mehr-oqibat tuyg‘ularini shakllantirish bilan birga ularning tashkilotchi va ishbilarmon bo‘lishlari uchun ham qayg‘urishimiz muhimdir. 

Tadbirda maktab direktorlari va ayol o‘qituvchilar Yangi O’zbekiston strategiyasida belgilangan va bugun uning ijrosini ta’minlash bo‘yicha qilinayotgan ishlar xususida gapirib, ba’zi muammolarni ham o‘rtaga tashladilar. Xususan, farzand tarbiyasi va uning maktabda yaxshi o‘qishida ota-ona mas’uliyatini kuchaytirish,  yosh o‘qituvchini ishga olishda  savodxonligi bilan birga odobi, axloqini ham hisobga olish kabi masalalar ko‘tarib chiqildi. 

Yig‘ilishda xotin-qizlardan tomonidan bildirilgan fikr-mulohaza va takliflar o‘rganildi va muammolarni tartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi

matbuot xitzmati

  • Ko'rildi
    489
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+