Deputat saylovchilarga hisobot berdi

09.03.2022, 17:00

Deputat saylovchilarga hisobot berdi

Xalq deputatlari Kegeyli tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik  guruhi rahbari Bayram Iskenderov Kegeyli tumani Aholiga xizmat ko‘rsatish texnikumida o‘z saylovchilari bilan uchrashdi.

 Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan ishlar, ayniqsa 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot  strategiyasi va jor     iy yil “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirilishi belgilangan davlat dasturining mazmun-mohiyati bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.

Bundan so‘ng deputat o‘z saylovchilariga o‘tgan yili olib borgan ishlari bo‘yicha o‘z saylovchilariga hisobot berdi.

Jumladan aholini qiynab kelayotgan muammo va takliflari tinglandi.

O’tgan yilning o‘zida saylovchilar tomonidan bandlik, ichki yo‘llarning ta’mir talabligi, yo‘l belgilarini qo‘yish, hayr-sahovat ishlari, elektr pog‘onalarining yaroqsiz holga kelib qolganligi, ko‘chalarni  yoritish kabi murojaatlar ijobiy bartaraf qilindi. Saylovchilar tomonidan kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha 20 ga yaqin tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovnoma yuborilib, ko‘tarilgan muammolar o‘z yechimini topdi.

Xalq vakili o‘z saylovchilariga hisobot berar ekan, ularning muammo va takliflarini ham tingladi.

Saylovchilar tomonidan 15 ga yaqin  muammo va takliflar tinglanib, ko‘tarilgan muammolar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovnoma yuborilib, nazoratga olinadigan  bo‘ldi.  

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    437
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+