Ishchi guruh faoliyati: Navoiy davlat konchilik institutida innovatsion ta’limni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
09.03.2022, 17:04

Navoiy Davlat Konchilik institutida O’zLiDeP Navoiy viloyati hududiy partiya tashkiloti tomonidan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan “Taraqqiyot strategiyasi”ning 4-yo‘nalishi 47-maqsad bo‘yicha “Oliy ta’lim sifatini yangi bosqichga, pedagog-kadrlarning bilimi va malakasini xalqaro darajaga olib chiqish, innovatsion ta’limni rivojlantirish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida oliy ta’lim muassasasining professor o‘qituvchilari, fan nomzodlari va partiya faollari ishtirok etdi.
Bugungi kunda umumiy hisobda 6142 nafar talaba ilm olayotgan institutning ilmiy salohiyati keyingi uch yil ichida 28 foizdan 5,5 foizga ko‘tarilgan.
Shuningdek, 2019-2022 yillarga mo‘ljallangan Mikrovine Ptu Ltd kompaniyasi tomonidan 1,7 dollarlik loyiha, 2020-2022 yillarda Kolorado Konchilik Universiteti(AQSh) bilan UniCEN-Cntral Asia Universite Partnership Program deb nomlangan 22 000 dollarlik loyiha bajarilgan bo‘lsa, 2021-23 yillar uchun mo‘ljallangan Yaponiyaning Japan Societe for the Promation of Scence (JSPS) dasturi doirasida “Core-to-Core)”nomli 210 000 dollarlik loyiha bajarilmoqda.
Davra suhbatida davlat rahbari tomonidan “Taraqqiyot strategiyasi” da OTM larda ta’limni yuqori bosqichga ko‘tarishga oid alohida maqsadlar belgilab berilganligi va shu tamoyillar asosida tizimli ishlarni rejalashtirish zarurligi aytildi.
-Biz pedagoglar tom ma’noda ishlab chiqaruvchilarmiz. Biz ishlab chiqargan mahsulot bu malakali kadrlar hisoblanadi. Institutimizni xalqoro standartlarga javob bera oladigan maqomga yetkazish uchun biz professor-o‘qituvchilarning shakllantirilgan xaritamiz bo‘lmog‘i kerak. Ilgari malakali pedagoglarni xorijdan olib kelishga harakat qilgan bo‘lsak, bugungi kunda o‘zimizda ilmiy darajaga ega bo‘lgan o‘qituvchilar dunyoning eng rivojlangan mamlakatlaridagi nufuzli institutlarda dars berib kelishmoqda. Bu esa o‘z navbatida oliy ta’limga ham talabning, ham e’tiborning kuchayganidan darakdir. 2022 yil yakuniga o‘quv dargohimizning ilmiy salohiyatini 50 foizga chiqaramiz, - deydi NDKI professori, Xalq deputatlari Navoiy viloyat deputati S. Bozorova.
Tadbir davomida institutda talaba yoshlarni boshqa mamlakatlarga uzoq muddatli amaliyotga yuborishning tizimli yo‘lga qo‘yiilgani, amaliyot davrida ular ish o‘rinlarida o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylashishlari va lavozimiga qarab oylik maosh to‘lanishi haqida so‘z bordi. Ayniqsa, amaliyot yakunida kasbiy tayyorgarligi to‘g‘risida razryadlar darajasini olib qaytishi va o‘sha yoqda olgan razryadi asosida ishga qabul qilinishi bu yo‘ldagi imkoniyatlardan yana biri ekanligi e’tirof etildi.
Shu bilan birga NDKIni yaqin yillar ichida oliy o‘quv yurtlari orasida “Top-1000” talikka kirishi uchun talab etiladigan vazifalar yuzasidan ham suhbatlashildi.
M.Pirnafasova,
O’zLiDeP Navoiy viloyati Kengashi
jamoatchilik bilan aloqalar va
mafkuraviy ishlar bo‘limi mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Andijonda quyosh panellari o‘rnatilgan mehmonxonada amaliy seminar tashkil qilindi
20.02.2023, 12:26
-
Ishchi guruhlarimiz vakillari davlat dasturi loyihasi uchun ko‘plab jo‘yali takliflar bildirdilar
14.02.2023, 10:58
-
Yetishtirilgan 113 millionta ko‘chat, yer sotib olayotgan ayrim odamlarning nomaqbul ishlariga chek qo‘yish bo‘yicha taklif...
16.12.2022, 15:40
-
Chorvachilik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
15.12.2022, 11:52
-
Partiya ishchi guruhi davlat dasturining 286-bandi bajarilishini muhokama qildi
09.12.2022, 18:12
Fikringizni qoldiring