Partiya vakillari yirik sanoat korxonasi faoliyati bilan tanishdi

09.03.2022, 17:11

Partiya vakillari yirik sanoat korxonasi faoliyati bilan tanishdi

O'zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi va Guliston shahar Kengashi vakillari  Guliston shahridagi “WORLD  OF  TECHNO” MChJ faoliyati bilan tanishdi.

Tadbirkorlik yosh tanlamaydi, ammo ishtiyoq va imkoniyat tanlaydi. “VORD OF TEHNO” MChJ rahbari Qobiljon To‘rayev bilan suhbat asnosida bu fikrni hamrohlarimiz ham tasdiqlashdi.

Qobiljon To‘rayev rahbarlik qilayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyat binosining o‘rni bir paytlar paxtazor edi. Bu yerda qancha hosil olingani va undan kelgan foydani hisoblashdan yiroqmiz. Biroq paxtazor o‘rnida qad rostlagan mazkur MChJda bugungi kunda 35 nafar xodim mehnat qilayapti. Ular tufayli oilalar ham, jamiyat ham foyda ko‘rayapti.

Mazkur MChJ Sirdaryo viloyatining yagona diler tashkiloti hisoblanadi. Ya’ni, “Artel”, “Shvaki”, “Royal”, “Samsung” singari dunyo bozorida ham nufuzi va xaridoriga ega kompaniyalarning viloyatimizdagi yagona dileri hisoblanadi.

Tadbirkorlikning qirralari ko‘p. Hamma gap ishtiyoq bilan yondoshib, tadbirkorlikni o‘ziga yuqtirishda. “Ustozidan o‘tmagan shogird-shogird emas”, degan maqol tadbirkorlarga xos bo‘lib qoldi. Qobiljon To‘rayev Xitoy bilan shartnoma asosida qop tikishga ixtisoslashgan  fabrika ochish maqsadini amalga oshirish arafasida. Asbob-uskunalar, tikuv mashinalari uchun  2,5 millon dollarlik sarmoyani kredit asosida  ajratildi. Fabrika uchun bino tayyor.

Partiya faollari mazkur korxona faoliyati bilan tanishar ekan, u yerda ishchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, mahsulotlarning bozorbopligi, eksport kabi masalalarida o‘zaro fikrlar almashib olindi, faoliyatini yanada kengaytirish borasida ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

O'zLiDeP Sirdaryo viloyati kengashi

 matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    297
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+