Nurotada maktab bitiruvchilar uchun tadbirkorlik sub’ektlariga press tur tashkil etildi

10.03.2022, 16:29

Nurotada maktab bitiruvchilar uchun tadbirkorlik sub’ektlariga press tur tashkil etildi

Yoshlarni har tomonlama puxta, bilimli va tadbirli bo‘lishlari uchun mamlakatimizda keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Nurota tumani G’afur G’ulom mahallasida tashkil etilgan tadbirkorlik sub’ektlariga uyushtirilgan press turga umumta’lim maktablarining bitiruvchi yoshlari jalb etildi.

Press turning dastlabki bosiqichi marmar ishlab chiqaruvchi “Faridbek , Zafarbek” xususiy korxonasida boshlandi.

15 nafar sangtarosh faoliyat olib borayotgan mazkur zavod ayni paytda qo‘shni Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlariga 80-100 million dollarlik eksportni amalga oshirib kelyapti. Qariyb 12 yil davomida kichikkina sex rahbari sifatida ish boshlagan M.Jiyanov davlatdan olingan  600 ming AQSh dollarlik kreditga 300 ming dollar o‘z mablag‘ani  qo‘shib, sexni zavodga aylantirgan. Oyiga 200-220 kub marmarga ishlov berilayotgan korxonada ishlayotganlar bugungi kunda har kv /metr tayyor mahsulot uchun 5000 so‘mdan haq olib, oylik maoshlarini 2,5-3,5  milliongacha yetkizmoqdalar.

Bitiruvchi yoshlar marmarning yaxlit tosh holida qanday tozalanishidan tortib, qimmatbaho ma’danga aylanishigacha bo‘lgan har bir jarayonni korxonaning ish boshqaruvchisi hamrohligida kuzatishdi.

O’zLiDeP Navoiy viloyati hududiy partiya tashkiloti tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirning keyingi bosqichlarida ko‘p tarmoqli tadbirkor faoliyati o‘rganildi.

Mehnati va shijoati bilan tumanda ko‘zga ko‘ringan tadbirkor O’. Amonov  bir vaqtda tadbirkorlikning bir necha turi bilan birday shug‘ullanib keladi. Ko‘p yillik mashaqqati ortidan “Muhammadjon, Tohirjon, Abduazizbek” xususiy korxonasini tashkil etgan O’.Amonov  “SofDiL” savdo markazi, qolipli non va non mahsulotlari, shlakablok quyish va paxtani qayta ishlash sexlarini yurgizmoqda. Bundan tashqari  40 sotixli yerda issiqxona qurib, pomidor va bodring yetishtirib keladi, shuningdek, chorvachilik va bog‘dorchilik bilan ham shug‘ullanadi.

2014 yildan buyon tadbirkor sifatida faoliyat olib borayotgan tadbirkorning fikriga ko‘ra ko‘p tarmoqli tadbirkorlikni yo‘lgna qo‘yish uchun oilaviy birdamlik juda zarur.

-Biz oilada 4 aka-ukalarmiz. Bir yoqadan bosh chiqaramiz. Yiliga 100-120 million so‘m foyda ko‘ramiz. 16 ta ish o‘rni yaratdik. Bir kunda 600 tagacha non chiqaramiz. 1 oyda 15 mingtagacha shlakablok yetkazib beramiz. 40 sotix yerimizga 10 000 tup pomidor niholini  ekkan bo‘lsak, uning har tupidan 10 kilogrammgacha pomidor olamiz. 25 gektar yerimiz, 100 gektar yaylovimiz 10 bosh qoramol, 150 bosh qo‘y-qo‘zimiz bor, - deydi u yoshlarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish asnosida. 

M.Pirnafasova,

O’zLiDeP Navoiy viloyati Kengashi

jamoatchilik bilan aloqalar va

mafkuraviy ishlar bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    573
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+