“Yaqin qo‘shnichilik, do‘stona munosabatlar - turizm rivojida muhim ahamiyatga ega”

03.03.2018, 16:32

“Yaqin qo‘shnichilik, do‘stona munosabatlar - turizm rivojida muhim ahamiyatga ega”

Namanganda “Do‘stona munosabatlar va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan isloxotlarning ahamiyati”  mavzuida  davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati ­– O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi viloyat kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda “O‘zbekistonning tashqi siyosatida Markaziy Osiyo – bosh ustuvor yo‘nalish” tamoyilini amalda tatbiq etilayotganligi, mintaqamizda mutlaqo yangi siyosiy muhit yaratilib, o‘zaro ishonch va yaxshi qo‘shnichilik asosidagi aloqalar mustahkamlanayotganligi ta’kidlandi.

­- Tumanimiz qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasining Jalolobod viloyati bilan chegaradosh, - deydi  O‘zLiDeP faoli Ergash Ahmedov. - Qirg‘iziston bilan davlat chegaralari to‘g‘risidagi bitimning imzolanishi yaqin qo‘shnichilik aloqalarini yanada mustahkamlash bilan birga, ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tadbirda partiya faollari qo‘shni davlatlar tadbirkorlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, ayniqsa, dunyoga mashhur Yangiqo‘rg‘on olmalarini eksportga yo‘naltirish borasidagi amaliy chora-tadbirlar hususida kelishib oldilar.

IBROXIM SATTAROV,

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

Biznes tuzilmalar

va fermerlar bilan ishlash

bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1691
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+