BPTlarda hisobot-saylov yig‘ilishlari davom etmoqda

11.03.2022, 14:21

BPTlarda hisobot-saylov yig‘ilishlari davom etmoqda

O`zLiDeP Olot tuman Kengashida 58 ta boshlang‘ich partiya tashkilotlari o‘z atrofiga 4938 nafar partiya a’zolarini birlashtirgan. Ayni kunlarda ushbu partiya quyi bo‘g‘inlarida hisobot-saylov yig‘ilishlari davom etmoqda.

“Jayxunobod” MFY, “Kamalak bolalar tashkiloti”,  Qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limilarida jami 778 nafar partiya a’zolarini jamlagan O’zLiDeP boshlang‘ich partiya tashkilotlarining navbatdagi hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O`zLiDeP boshlang‘ich tashkilotlarining 2021 yildagi faoliyati sarhisob qilinib, “Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi va 2022 yil – Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi”dagi belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda BPTning 2022 yildagi ustuvor vazifalari belgilanib olindi.

Kun tartibidagi asosiy masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. BPT raislarining hisoboti ijobiy baholanib, BPT raisligiga qayta saylandilar.

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    452
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+