Quyi bo‘g‘in faoliyatiga qoniqarsiz baho berildi

11.03.2022, 14:32

Quyi bo‘g‘in faoliyatiga qoniqarsiz baho berildi

Samarqand viloyatining barcha tuman, shahar Kengashlaridagi partiya tashkilotlarida 2021 yi sarhisobi davom etmoqda.

Samarqand tumanida ham 69 ta BPT mavjud bo‘lib, 9 mingga yaqin a’zolarni partiya safiga birlashtirgan.

Tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvatlash bo‘limi qoshidagi boshlang‘ich partiya tashkilotida 2014 yilda 5 nafar partiyaga hayrihox xodimlardan tashkil topgan edi. Bugungi kunga kelib mazkur quyi bo‘g‘inda a’zolar soni 41 nafarga yetgan.

Yig‘ilishda kun tartibi bo‘yicha mazkur partiya tashkilotining o‘tgan davrdagi faoliyati qoniqarsiz deb topilib, BPT raisligiga ma’suliyatli mahalla faoli, partiya “Ayollar qanoti” a’zosi F.Muxiddinova tavsiya etildi.

Muhokama qilingan barcha masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilinib, Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi va 2022 yil – Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yilida amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda mazkur tayanch bo‘g‘inning joriy yildagi yo‘l xaritasi tuzib olindi.

Manuchexr Sobirov,

O‘zLiDeP Samarqand tuman Kengashi raisining

birinchi o‘rinbosari–apparat rahbari

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    421
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+