“Millat salomatligi yurt qudrati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

11.03.2022, 14:38

“Millat salomatligi yurt qudrati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Taraqqiyot strategiyasining 56-aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish, budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, tibbiy xizmatlarni markazlashtirish va aholini tibbiy sug‘urtalash amaliyotini joriy qilish maqsadi ijrosini ta’minlash uchun o‘tkazilgan ushbu tadbirda ishtirokchilarning tibbiy bilimlari oshirildi.

O’zLiDeP Navoiy viloyati Kengashi Ayollar qanoti tashabbusi bilan Xatirchi tumani “Binokor” mahallasida joylashgan 33-maktab faollar zalida maktabning bitiruvchi sinf qizlari o‘rtasida “Sog‘lom oila mustahkam oila” loyihasi doirasida “Millat salomatligi yurt qudrati” mavzusida  davra suhbati o‘tkazildi.

Ushbu davra suhbatida qizlarning tibbiy savodxonligini oshirish, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish, sog‘lom millat genofondini asrashga ko‘maklashish, har tomonlama sog‘lom avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish va yuqori bosqichga ko‘tarish, qizlarning oila va jamiyatdagi rolini oshirish, ularning ijtimoiy faolligini kuchaytirish borasidagi targ‘ibot-tushuntirish  ishlari olib borildi.

Davra suhbatida ginekolog vrach M.Pardayevaning reproduktiv salomatlik va shaxsiy gigiyena qoidalari, qizlar salomatligini saqlash maqsadida tashkil etilayotgan bepul tibbiy ko‘rik va salomatlik markazlari faoliyati, erta, qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari, erta tug‘ruq holatlarining salbiy oqibatlari, muddatida tibbiy ko‘rikdan o‘tishning afzalliklari xususida bergan ma’lumotlari asnosida qizlarning tibbiy savodxonligi oshirildi. Tengdosh-tengdoshga tamoyili asosida maktabgacha ta’lim tizimida “Zumratoylar davrasi”, xalq ta’limi tizimida “Orasta qizlar” to‘garaklari faoliyati to‘g‘risida ham to‘xtaldi.

Shu bilan birga davra suhbatida qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida kitob bilan do‘stlashish, maqsad sari olg‘a intilish, gender tengligi tushunchasi, oilada xotin qizlarga nisbattan har qanday zo‘ravonlikning oldini olish mavzularida ham fikrlar bildirildi, yoshlarning bu boradagi qarashlari bilan o‘rtoqlashildi.

  • Ko'rildi
    642
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+